Karaev G‘ulom Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlarida soyani qo‘shqator usulida etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.01−Umumiy dexqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx488.
Ilmiy rahbar: Namozov Fazliddin Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Shuxrat Xudoyberdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xatamov Salimjon Raximjon o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida soyani asosiy ekin sifatida qo‘shqator usulida parvarishlashning maqbul ekish tizimi, ko‘chat qalinligi hamda sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida qo‘shqator usulida soyani “Sevinch” hamda “Selekta-201” navlaridan yuqori don hosili etishtirish uchun 90x(60x30)x8x2 ekish tizimlarida 500-550 ming tup/ga ko‘chat qoldirilib, 70-75-70% sug‘orish tartibida parvarishlash maqbul ekanligi aniqlangan;
soya navlarini qo‘shqator usulida parvarishlash agrotexnika elementlarini tuproqning hajm massasi 0-30 sm qatlamda 70-75-70% tartibida 60-65-65% sug‘orish tartibiga nisbatan 0,2-0,3 g/sm3, mavsum boshiga nisbatan 0,9-0,11 g/sm3 zichroq bo‘lganligi, mikroorganizmlardan esa ammonifikatorlar 70-75-70% tuproq namligida sug‘orilgan variantlarda tuproqqa xos 1,8x107 koe/g me’yorda bo‘lib, mavsum boshiga va 60-65-65% sug‘orish tartibida sug‘orilgan variantlarga nisbatan 1 tartibga ortganligi aniqlangan;
qo‘shqator usulida ekilgan soya navlaridan “Sevinch” navi 90x(60x30)x12x2 ekish tizimida gektariga 350-370 ming tup qoldirib, ChDNS ga nisbatan 70-75-70% tartibida sug‘orilganda bo‘yi 112,2 sm, hosil shoxi 2,4 dona va dukkaklar soni 52,5 dona, “Selekta-201” navida esa bo‘yi 90,4 sm, hosil shoxi 2,4 dona va dukkaklari soni 51,4 donani tashkil etgani aniqlangan;
eng yuqori don hosildorligi soyaning “Sevinch” navida sug‘orishni ChDNS ga nisbatan 70-75-70% da gektariga 500-550 ming tup ko‘chat qoldirib parvarishlanganda olinib, 90x(60x30)x12x2 ekish tizimida 350-370 ming tup/ga ko‘chat qalinligiga nisbatan 3,5 s/ga, nazorat navga nisbatan tegishlicha 6,3; 8,0 s/ga yuqori don hosili olinganligi, “Selekta-201” navi bo‘yicha har ikkala sug‘orish tartiblarida ham 90x(60x30)x8x2 ekish tizimida 500-550 ming tup/ga ko‘chat qalinligida 3,1; 3,5 s/ga, sug‘orish tartiblari bo‘yicha 70-75-70% sug‘orish tartibida 1,5-1,8 s/ga qo‘shimcha don hosili olinganligi hamda moy miqdori 1,3-1,8 % ga ortganligi aniqlangan;
qo‘shqator usulida parvarishlangan soya navlarini 90x(60x30)x8x2 ekish tizimida gektariga 500-550 ming tup ko‘chat qoldirilib, ChDNS ga nisbatan 70-75-70% tartibida sug‘orilganda ildiz-ang‘iz qoldiqlari “Sevinch” navida 4,27 t/ga, “Selekta-201” navida esa 3,65 t/ga bo‘lganligi, “Sevinch” navida umumiy azot 67,6 kg/ga, fosfor 28,0 kg/ga va kaliy miqdori 58,7 kg/ga, “Selekta-201” navida umumiy azot 54,5 kg/ga, fosfor 22,6 kg/ga va kaliy 47,3 kg/ga miqdorda tuproqqa qaytishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida qo‘shqator usulida soya etishtirish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
soya navlarini qo‘shqator usulida parvarishlashda maqbul ekish tizimlari va sug‘orish tartiblari yuzasidan “Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida qo‘shqator usulida soya etishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9 martdagi №02/27-04/1087-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikadagi mavjud fermer xo‘jaliklari va klasterlarida soya etishtirish uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
qo‘shqator usulida soyaning “Sevinch” hamda “Selekta-201” navlarini asosiy ekin sifatida gektariga 500-550 ming tup qoldirilib, sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70-75-70% sug‘orish tartibida parvarishlash texnologiyasi Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 29,0 gektar, Zafarobod tumanida 25,0 gektar hamda PSUEAITI Jizzax ilmiy tajriba stansiyasida 3,0 gektar maydonida joriy etilgan (qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9 martdagi №02/27-04/1087-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shqator usulida asosiy ekin sifatida 90x(60x30)x8x2 ekish tizimida ko‘chat qalinligini gektariga 500-550 ming tup qoldirilib, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-70% tartibida parvarishlangan soyaning “Sevinch” navidan 34,2 s/ga hamda “Selekta-201” navidan 28,9 s/ga don hosili olingan;
soyaning “Sevinch” va “Selekta-201” navlarini asosiy ekin sifatida qo‘shqator usulida etishtirish texnologiyasi Jizzax viloyatining Paxtakor va Zafarobod tumanlarida jami 57,0 gektar maydonga joriy etilgan (qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9 martdagi №02/27-04/1087-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilib, rentabellik darajasi soyaning “Sevinch” navida 56,6 % va “Selekta-201” navida 47,8 % ga teng bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish