Jumaboev Akmal Muradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2000.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Bibisora Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dodiev Fozil Utkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasini mustaqil nodavlat-notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etish hamda jamg‘arma loyihalarini har yili Davlat byudjetiga qaytariladigan qismi hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan;
yoshlar tashkilotlari tavsiyasiga ko‘ra yosh oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha uy-joy uchun byudjetdan subsidiya ajratish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalari yoshlar tashkilotlariga a’zo bitiruvchilarining tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda “Yoshlar eksportda”, “Yoshlar investisiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” yo‘nalishlari bo‘yicha biznes akseleratorlar tashkil etish va ular faoliyatini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan;
mahalliy byudjetlarda shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida
15 foizi miqdorida mablag‘larni har chorakda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlar tashkilotlarini moliyalashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasini mustaqil nodavlat-notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etish hamda jamg‘arma loyihalarini har yili Davlat byudjetiga qaytariladigan qismi hisobidan moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 20 dekabrdagi 04-13/1827-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida sarflanadigan mablag‘larni to‘g‘ri sarflash orqali yoshlar tashkilotlari tomonidan sarflanadigan mablag‘larni qo‘shimcha ravishda moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga imkoniyat yaratilgan;
yoshlar tashkilotlari tavsiyasiga ko‘ra yosh oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha uy-joy uchun byudjetdan subsidiya ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 martdagi 05/21-03-32/1058-son ma’lumotnomasi). Natijada Davlat byudjetidan ushbu maqsadlar uchun 12,7 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan;
oliy ta’lim muassasalari yoshlar tashkilotlariga a’zo bitiruvchilarining tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda “Yoshlar eksportda”, “Yoshlar investisiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” yo‘nalishlari bo‘yicha biznes akseleratorlar tashkil etish va ular faoliyatini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
18 yanvardagi 23-son qarori va uning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilga rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”ga Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 24 dekabrdagi 4-01-21-3359-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida yoshlar tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmining samaradorligini oshirilishi va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish imkonini bergan;
mahalliy byudjetlarda shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 15 foizi miqdorida mablag‘larni har chorakda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92 sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 martdagi
05/21-03-32/1058-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy byudjetlardan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini doimiy ravishda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yuzaga kelgan.