Sirliev Erkin Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘spirin yoshidagi dzyudochilar shaxsiy sifatlari rivojlanishining psixologik omillari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P170.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirin yoshidagi dzyudochilar shaxsiy sifatlari rivojlanishining psixologik omillari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dzyudochilarning g‘alabaga erishishida muvaffaqiyatga intilish motivi asosiy omil ekanligiga ko‘ra raqib «usuli»ga tushib qolmaslik, ekstremal vaziyatdan oqilona chiqish bilan bog‘liq ijobiy ustanovkalarni emotsional turg‘unlikka ustuvorlik berish orqali shakllantirish natijasida ulardagi potesial imkoniyatlarni mobilizatsiya qilish muhimligi dalillangan;
dzyudochilarning musobaqa jarayonidagi natijadorligini oshirishda start oldi psixofiziologik holatini barqarorlashtirish muhim omil ekanligiga ko‘ra, kuchli stressni ijtimoiy tafakkur egiluvchanligining irodaviy komponentini kuchaytirish orqali bartaraf etishga qaratilgan «Hozir va shu erda» mualliflik psixorelaksatsion mashqlarni qo‘llash asosida jismoniy va ruhiy ishchanlik qobiliyatini optimal holatda ta’minlanishi asoslangan; 
dzyudochilarning musobaqa jarayonidagi ekstremal vaziyatlarga psixologik tayyorgarligini oshirishda «maqsadga yo‘nalganlik», «sabotlilik va qat’iyatlilik», «jur’at va mardlik», «vazminlik va o‘zini tuta bilish» sifatlarini rivojlanishiga ustuvorlik berish orqali qabul qilingan qaror mas’uliyatidan qo‘rqmaslik hissining ta’minlanganligi aniqlangan;
«Sportchilarning mashg‘ulot hamda musobaqa jarayonlaridagi shaxsiy sifatlari model»i dzyudochilarda intellektual-taktik va hissiy-irodaviy sohani shakllantirish muhimligiga ko‘ra, shaxs xususiyatlarining autopsixologik komponentiga «strategik novatorlik», «stressga barqarorlik» sifatlarini biriktirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘spirin yoshidagi dzyudochilarning shaxsiy sifatlari rivojlanishining psixologik omillariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
dzyudochilarning g‘alabaga erishishida muvaffaqiyatga intilish motivi asosiy omil ekanligiga ko‘ra, raqib «usuli»ga tushib qolmaslik, ekstremal vaziyatdan oqilona chiqish bilan bog‘liq ijobiy ustanovkalarni emotsional turg‘unlikka ustuvorlik berish orqali shakllantirish natijasida ulardagi potesial imkoniyatlarni mobilizatsiya qilish muhimligi dalillangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-2a-son ma’lumotnomasi). Mazkur amaliy majmualarning qo‘llanilishi natijasida psixologlar faoliyatida yoshlarning shaxsiy ijobiy sifatlarini shakllantirishga oid ilmiy, o‘quv-uslubiy ta’minoti boyitilgan, bu esa o‘z navbatida ularning o‘z faoliyatida yuqori natijalarni ta’minlashga oid shaxsiy sifatlarni shakllantirishga aloqador bilimlarini yanada boyitishga imkoniyat yaratilgan;
dzyudochilarning musobaqa jarayonidagi natijadorligini oshirishda start oldi psixofiziologik holatini barqarorlashtirish muhim omil ekanligiga ko‘ra, kuchli stressni ijtimoiy tafakkur egiluvchanligining irodaviy komponentini kuchaytirish orqali bartaraf etishga qaratilgan «Hozir va shu erda» mualliflik psixorelaksatsion mashqlarni qo‘llash asosida jismoniy va ruhiy ishchanlik qobiliyatini optimal holatda ta’minlanishi asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 6-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va metodologik asoslarini yaratish» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 1 iyundagi 04-07-08/2060-son ma’lumotnomasi). Natijada Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutida sport psixologlari uchun mo‘ljallangan psixologik mashg‘ulotlar amaliyoti bazasi boyitilgan;
dzyudochilarning musobaqa jarayonidagi ekstremal vaziyatlarga psixologik tayyorgarligini oshirishda «maqsadga yo‘nalganlik», «sabotlilik va qat’iyatlilik», «jur’at va mardlik», «vazminlik va o‘zini tuta bilish» sifatlarini rivojlanishiga ustuvorlik berish orqali qabul qilingan qaror mas’uliyatidan qo‘rqmaslik hissining ta’minlanganligi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-2a-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur universitetda faoliyat olib borayotgan psixologlar, dzyudo murabbiylarining o‘z shogirdlarini psixologik tayyorlash jarayoni uchun xizmat qilib, natijada ushbu tajriba sinaluvchilaridan Sh. Baxtiyorov, M. Mansurov O‘zbekiston chempioni, M. To‘raboev halqaro turnir sovrindori hamda P. Mansurov sport ustasi talabini bajargan;
«Sportchilarning mashg‘ulot hamda musobaqa jarayonlaridagi shaxsiy sifatlari model»i dzyudochilarda intellektual-taktik va hissiy-irodaviy sohani shakllantirish muhimligiga ko‘ra, shaxs xususiyatlarining autopsixologik komponentiga «strategik novatorlik», «stressga barqarorlik» sifatlarini biriktirish asosida takomillashtirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 6-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Sportchilarni psixodiagnostika hamda psixokorreksiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 1 iyundagi 04-07-08/2060-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi rivojlantirildi hamda muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasi me’yorlashtirilib, ushbu sinaluvchilar S. Po‘latov yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni hamda A. Ataboev Olimpiya cho‘qqilari g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish