Rajabova Feruza Pozilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Farfieva Komola Atxamdjonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylik va xasislik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini ochib berish va xasislikni korreksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmaganlarda xulq og‘ishi kelib chiqishida asosiy psixologik holatlardan irodaviy zo‘riqish, refleksiya, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, emansipatsiyaning pubertat yoshi davriga ta’siri «psixik beqarorlik», «depressivlik», «qaysarlik»ni yuzaga kelishiga asoslanib, ularning xulqida namoyon bo‘lishi, shaxs sifatida rivojlanish jarayoniga ko‘p vektorli ta’sir ko‘rsatishi  dalillangan; 
voyaga etmaganlarda tengqurlari, maktab,  oila hamda ijtimoiy muhit ta’sirida «muloqotchanlik», «depressiya», «psixik baqarorlik», «asotsiallik» kabi psixologik xususiyatlarni semantik differensiatsiyalash orqali xulq og‘ishganlikni keltirib chiqaruvchi omillar tizimlashtirilgan; 
voyaga etmaganlarda muhit, turmush tarzi, ma’lumotlilik darajasi, mustaqillikka intilishi hissining ta’sirida ehtiyojlar ierarxiyasidagi o‘zini tan oldirish istagining dominant rivojlanishi asosida gipertim tipni kuchayishi orqali xulqdagi og‘ishishlarni kelib chiqishi dalillangan; 
voyaga etmaganlardagi xulq og‘ishining psixoprofilaktik chora-tadbirlari samaradorligi bolaning ijtimoiy-psixologik tasavvurlari, tafakkur uslubi, individual psixologik xususiyatlariga mos ijtimoiy talablarni qo‘llashga yo‘naltirilgan «Voyaga etmaganlar bilan ishlash bo‘yicha tizimli psixoprofilaktika» mualliflik modelini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmaganlar xulq og‘ishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida: 
voyaga etmaganlarda xulq og‘ishi kelib chiqishida asosiy psixologik xolatlardan irodaviy zo‘riqish, refleksiya, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, emansipatsiyaning pubertat yoshi davriga ta’siri «psixik beqarorlik», «depressivlik», «qaysarlik»ni yuzaga kelishiga asoslanib, ularning xulqida namoyon bo‘lishi, shaxs sifatida rivojlanish jarayoniga ko‘p vektorli ta’sir ko‘rsatishiga oid ma’lumotlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 2 oktyabrdagi №49-k buyrug‘iga asosan markaz amaliy faoliyatiga “Voyaga etmaganlarda axborot xavfsizligini ta’minlash sohalararo yondashuvning ilmiy-uslubiy asoslari yaratish” loyihasi doirasida “Axborot konsalting xizmatiga” joriy etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 14 noyabrdagi 01-247-son ma’lumotnoma). Mazkur tavsiyalarning joriy etilishi natijasida markazning amaliyotchi psixologlarida voyaga etmaganlarda xulq og‘ishiga doir ilmiy-nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar shakllantirilgan;
voyaga etmaganlarda tengqurlari, maktab,  oila hamda ijtimoiy muhit ta’sirida «muloqotchanlik», «depressiya», «psixik baqarorlik», «asotsiallik» kabi psixologik xususiyatlarni semantik differensiatsiyalash orqali xulq og‘ishganlikni keltirib chiqaruvchi omillarga oid ma’lumotlar  Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 2 oktyabrdagi №49-k buyrug‘iga asosan markaz amaliy faoliyatiga “Voyaga etmaganlarda axborot xavfsizligini ta’minlash sohalararo yondashuvning ilmiy-uslubiy asoslari yaratish” loyihasi doirasida “Alohida ehtiyojli bolalarning muammolarini o‘rganish” vazifasiga joriy etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 14 noyabrdagi 01-247-son ma’lumotnoma). Natijada xulq og‘ishiga ega bo‘lgan voyaga etmaganlar shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish mexanizmlari yaratilgan;
voyaga etmaganlarda muhit, turmush tarzi, ma’lumotlilik darajasi, mustaqillikka intilishi hissining ta’sirida ehtiyojlar ierarxiyasidagi o‘zini tan oldirish istagining dominant rivojlanishi asosida gipertim tipni kuchayishi orqali xulqdagi og‘ishishlarni kelib chiqishiga oid tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 2 oktyabrdagi №49-k buyrug‘iga asosan markaz amaliy faoliyatiga “Voyaga etmaganlarda axborot xavfsizligini ta’minlash sohalararo yondashuvning ilmiy-uslubiy asoslari yaratish” loyihasi doirasida “Axborot konsalting xizmatiga” joriy etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 14 noyabrdagi 01-247-son ma’lumotnoma). Natijada psixolog kadrlarning xulq og‘ishiga ega bo‘lgan voyaga etmaganlarga psixologik xizmat ko‘rsatish, oila hamda maktab jamoasida ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
voyaga etmaganlardagi xulq og‘ishining psixoprofilaktik chora-tadbirlari samaradorligi bolaning ijtimoiy-psixologik tasavvurlari, tafakkur uslubi, individual psixologik xususiyatlariga mos ijtimoiy talablarni qo‘llashga yo‘naltirilgan tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 2 oktyabrdagi №49-k buyrug‘iga asosan markaz amaliy faoliyatiga “Voyaga etmaganlarda axborot xavfsizligini ta’minlash sohalararo yondashuvning ilmiy-uslubiy asoslari yaratish” loyihasi doirasida “Axborot konsalting xizmatiga” joriy etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 14 noyabrdagi 01-247-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixologlarga «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» fanini o‘qitishda uslubiy ta’minot takomillashtirilgan hamda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish