Norqo‘ziev Doniyorbek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxsda hayotiy strategiya shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Psi41.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Arziqulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda hayotiy strategiyalar shakllanishining psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali hayotiy strategiyalarni belgilashda samarali yondashishni o‘rganish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 shaxs hayotiy strategiyasining motivatsion komponentlarini («kelajak obrazi», «hayot mazmuni», «xulq-atvor me’yorlari», «hayotiy maqsadlar») «ego nazorat» omili ta’sirida differensial namoyon bo‘lishi «ekzistensial faollik»ni axloqiy-praksik hislar ta’sirida rivojlantirish orqali ularda optimistik hayotiy strategiyalarni tarkib topishiga olib kelishi dalillangan;   
shaxs hayotiy strategiyalarini adekvat shakllantirishda faoliyat, muloqotga yo‘nalganlik, o‘ziga ishonch hissi, al`truistik motivlarni «maqsad-jarayon-natija» qadriyatlari negizida tafakkur uslubi orqali Ego-identifikatsiyalanishining ta’sirini hisobga olib, individual-psixologik xususiyatlarning muhim omil ekanligi dalillangan;
ilk o‘spirinlik davrida qobiliyatning ma’lum bir sohaga kuchli yo‘nalganligi kelajakka nisbatan ishonch, ichki va tashqi faollik, maqsadli intilishlarini uyg‘un holda rivojlanishi tufayli ularning hayotiy strategiyasida kasb tanlash motiviga nisbatan adekvat ijobiy ta`sir etishi mumkinligi dalillangan;
shaxs hayotiy strategiyasining shakllanishiga yoshga oid xususiyatlarni ta’siri natijasida o‘smirlarda maqsadga intiluvchanlik, ijtimoiy intellekt, ilk o‘spirinlarda esa o‘z imkoniyatlarini  real baholash hamda ijtimoiy faollik bilan bog‘liq xususiyatlarni terminal qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida rivojlanishi tufayli  ijtimoiy strategiya (oila, guruhdagi munosabatlar)ni namoyon bo‘lishiga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsda hayotiy strategiya shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxs hayotiy strategiyasining motivatsion komponentlarini («kelajak obrazi», «hayot mazmuni», «xulq-atvor me’yorlari», «hayotiy maqsadlar») «ego nazorat» omili ta’sirida differensial namoyon bo‘lishi «ekzistensial faollik»ni axloqiy-praksik hislar ta’sirida rivojlantirish orqali ularda optimistik hayotiy strategiyalarni tarkib topishiga olib kelishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya»  moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10v-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalarning joriy etilishi natijasida amaliyotchi psixologlar faoliyatida maqsadli hayotiy strategiyalarni shakllantirishning kompleks psixologik manbalari aniqlandi va boyitilgan;
shaxs hayotiy strategiyalarini adekvat shakllantirishda faoliyat, muloqotga yo‘nalganlik, o‘ziga ishonch hissi, al`truistik motivlarni «maqsad-jarayon-natija» qadriyatlari negizida tafakkur uslubi orqali Ego-identifikatsiyalanishining ta’sirini hisobga olib, individual-psixologik xususiyatlarning muhim omil ekanligi dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10-son buyrug‘iga asosan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10v-son ma’lumotnomasi).  Mazkur tavsiyalarning ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etilishi natijasida shaxsning hayotiy strategiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan;
ilk o‘spirinlik davrida qobiliyatning ma’lum bir sohaga kuchli yo‘nalganligi kelajakka nisbatan ishonch, ichki va tashqi faollik, maqsadli intilishlarini uyg‘un holda rivojlanishi tufayli ularning hayotiy strategiyasida kasb tanlash motiviga nisbatan adekvat ijobiy ta`sir etishi mumkinligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10-son buyrug‘iga asosan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10v-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida shaxsda hayotiy strategiyalarni shakllantirishning yosh va psixologik omillarini inobatga olgan holda ilmiy ma’lumotlar asosida metodik ta’minotni kuchaytirish imkoniyati oshirilgan;
shaxs hayotiy strategiyasining shakllanishiga yoshga oid xususiyatlarni ta’siri natijasida o‘smirlarda maqsadga intiluvchanlik, ijtimoiy intellekt, ilk o‘spirinlarda esa o‘z imkoniyatlarini  real baholash hamda ijtimoiy faollik bilan bog‘liq xususiyatlarni terminal qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida rivojlanishi tufayli  ijtimoiy strategiya (oiladagi, guruhdagi munosabatlar)ni namoyon bo‘lishi mumkinligi isbotlangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10-son buyrug‘iga asosan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10v-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosa  va takliflarning  joriy etilishi natijasida ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy faoliyatidagi ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni takomillashtirish sifat jihatidan o‘sishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish