Norbosheva Maqsuda Achilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshdagi bolaning muloqot sub’ekti sifatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining rivojlanish xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/R130.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Umarova Navbaxor Shokirovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolaning muloqot sub’ekti sifatida ijtimoiy-psixologik rivojlanish xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha tarbiya davridagi bolaning kattalar (ota-onalar, tarbiyachilar) bilan paydo bo‘ladigan nosituativ muloqotini nutq rivojlanishiga bevosita ta’siri shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy idrokning tanlovchanlik sifatini kuchayishi, xayoliy obrazlarni verbalizatsiyalashda nutqiy fantaziya xususiyatlarini namoyon etishi natijasida so‘z-mantiqiy tafakkurning shakllanishi dalillangan;
ota-ona–bola munosabatlaridagi hissiy sezgirlikning yuqoriligi ta’sirida tengdoshlari bilan munosabatlaridagi identifikatsiya mexanizmining ijtimoiy harakterga ega bo‘lgan «biz-motivi» bilan uyg‘un holda shakllanishi orqali, boladagi kommunikativ sifatlarning rivojlanishiga erishish mumkinligi aniqlangan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda «samimiylik», «kechirimlilik» xususiyatlarini affektiv rivojlanganligi sababli «ota-ona-bola» munosabatlarida bolaning ijtimoiy borliqni bilishga nisbatan qiziquvchanligini egotsentrik nutqni «shaxsga empatik yo‘nalganlik»ka o‘zgartirishi asosida kuchaytirish ularning shaxslararo munosabatlarda muloqot sub’ekti sifatida shakllanishiga xizmat qilishi dalillangan;
maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiylashuviga ota-ona va tarbiyachilarning hissiy-emotsional munosabatlari ta’sirida affilyasiya motivlariga ustuvorlik berish orqali nutq senzitivligi va so‘z-mantiqiy xotiraning kuchayishiga asoslanib faol va pozitiv nutqni rivojlantirish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqot jarayonining ularda shaxs xususiyatlarini rivojlantirishdagi psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha tarbiya davridagi bolaning kattalar (ota-onalar, tarbiyachilar) bilan paydo bo‘ladigan nosituativ muloqotini nutq rivojlanishiga bevosita ta’siri shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy idrokning tanlovchanlik sifatini kuchayishi, xayoliy obrazlarni verbalizatsiyalashda nutqiy fantaziya xususiyatlarini namoyon etishi natijasida so‘z-mantiqiy tafakkurning shakllanishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 7 iyuldagi 7-sonli buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 7 iyuldagi 7-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlarning joriy etilishi natijasida bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni oila psixologiyasi yo‘nalishida o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
ota-ona–bola munosabatlaridagi hissiy sezgirlikning yuqoriligi ta’sirida tengdoshlari bilan munosabatlaridagi identifikatsiya mexanizmining ijtimoiy harakterga ega bo‘lgan «biz-motivi» bilan uyg‘un holda shakllanishi orqali, boladagi kommunikativ sifatlarning rivojlanishiga erishish mumkinligi aniqlanganligiga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 7 iyuldagi 7-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 7 iyuldagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlaridagi muloqot va shaxslararo munosabatlarning psixologik mezonlari haqida ilmiy tasavvurlarining ortishiga xizmat qilgan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda «samimiylik», «kechirimlilik» xususiyatlarini affektiv rivojlanganligi sababli «ota-ona-bola» munosabatlarida bolaning ijtimoiy borliqni bilishga nisbatan qiziquvchanligini egotsentrik nutqni «shaxsga empatik yo‘nalganlik»ka o‘zgartirishi asosida kuchaytirish ularning shaxslararo munosabatlarda muloqot sub’ekti sifatida shakllanishiga xizmat qilishi dalillangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 7 iyuldagi 7-sonli buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 7 iyuldagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixologlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlari doirasida muloqot va shaxslararo munosabatlarning shaxs xususiyatlari rivojlanishiga ta’siriga doir nazariy va amaliy bilimlari ortgan;
maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiylashuviga ota-ona va tarbiyachilarning hissiy-emotsional munosabatlari ta’sirida affilyasiya motivlariga ustuvorlik berish orqali nutq senzitivligi va so‘z-mantiqiy xotiraning kuchayishiga asoslanib faol va pozitiv nutqni rivojlantirish mumkinligi asoslangan takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamda uning mintaqaviy filiallarida bolalar bilan ishlash faoliyatiga joriy etish bo‘yicha takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 18 dekabrdagi 33-sonli buyrug‘iga asosan «Axborot-konsalting Xizmati» 2021 yil uchun ish rejasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 18 dekabrdagi 33-son buyrug‘i). Natijada bo‘lg‘usi maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlarining bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda uslubiy ta’minoti kuchaytirilgan.