Zokirxonova Shaxzoda Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarida tish kariesi profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib86.
Ilmiy raxbar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Suk Won Kim, tibbiyot fanlari doktori (Janubiy Koreya); Gulyamov Surat Sayidvalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: InderprasthaDentalCollege & Hospital (Hindiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tish kariesining oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar orasida tish kariesining lokallanishi va molyarlarning zararlanishi bolalarning yoshiga nisbatan tahlil qilingan hamda kasallikning yuqori, o‘rta hamda past darajada tarqalishning xususiyatlari ochib berilgan;
maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarida tish kariesining oldini olish va og‘iz bo‘shlig‘ida aralash so‘lak holatini yaxshilashda kunlik ovqat ratsion tarkibida makro va mikronutrientlarning etishmasligi, karbonsuvlarning ortiqcha iste’mol qilinishi keriesga moyillik va kasallikning keskin ko‘payishiga olib kelishi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tizimli ftorprofilaktikasini ta’minlashda qadoqlangan idishlarda optimal miqdordagi ftorli «Aqua Dental» ichimlik suvining tarkibi va uni ishlab chiqish uchun TI 25097940-02:2014 raqamli «Texnologik yo‘riqnoma»si ishlab chiqilgan hamda zararsizligi toksikologik tadqiqotlar natijalari asosida isbotlangan;
qadoqlangan «Aqua Dental» ftorli mineral suvidan foydalanish natijasida bolalarning og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati va so‘laklarini fizik-kimiyoviy xossalari, so‘laklarni salivatsiyalanish tezligi va qovushqoqligi, rN muhiti, aralash so‘lakdagi kal`siy va fosfor tuzlarning miqdori hamda gigienik indeksi ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajasi ta’minlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tish kariesi profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
ftor optimal miqdorda bo‘lgan qadoqlangan «Aqua Dental» ftorli ichimlik suvining tarkibi ishlab chiqilgan hamda uni ishlab chiqarish uchun TI 25097940-02:2014 raqamli «Texnologik yo‘riqnoma»si tasdiqlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 8-d/51 ma’lumotnomasi). Mazkur texnologik yo‘riqnoma bolalarda kariesni oldini olishda tizimli ftorprofilaktika o‘tkazish uchun ushbu suvni ishlab chiqarish va iste’mol miqdorini belgilash va kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
tish kariesining oldini olishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Maktabgacha bolalar muassasalarida bolalarning haqiqiy ovqatlanishni tashkil etish va gigienik baholash» uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 8-n/51-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar orasida tish kariesi rivojlanishini erta tashxislash, aniqlash va kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishga imkon bergan;
«Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarda tish kariesining tizimli ftorprofilaktikasi» uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 8-d/51 ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar orasida tish kariesining oldini olish maqsadida kunlik ratsion tarkibiga kiritish va kasallikni kamaytirishga imkon bergan;
bolalar kariesini oldini olishda tizimli ftorprofilaktika o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Aqua Dental» ftorli ichimlik suvining tarkibi olingan ilmiy natijalar «Ovqatlanish gigienasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘quv qo‘llanmasi» tarkibiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 yanvardagi 8n-d/7-son ma’lumotnomasi). Yaratilgan o‘quv qo‘llanmadan Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavr va magistrlarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borishda foydalanilmoqda.Olingan tadqiqotlarning klinik amaliyotga joriy qilinishi natijasida tish kariesining bolalar orasida tarqalish darajasi 2 barobar kamaytirish imkonini bergan.