Kulatova Svetlana Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Voyaga etmaganlarda axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning shaxs xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P138.
Ilmiy rahbar: Ruxieva Xolida Arifjanovna psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jabborov Xazrat Xuseinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashda shaxs xususiyatlarining rolini empirik ochib berish va ularda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmaganlarda axborotni saralab qabul qilish va qayta ishlash ko‘nikmasini etishmasligi tufayli axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda shaxs o‘zini-o‘zi muhofaza qilish, o‘zini anglash mativlarini shakllantirishga qaratilganpsixologik usullarni qo‘llash orqali axborotni adekvat idrok etishga erishish mumkinligi asoalangan;
o‘smirlik davridagi ijtimoiy, makoniy avtonomiyalar va alohidalik hissining mavjudligidan ular axborotni idrok etishga nisbatan xavf va internetga qaramlikni yuzaga kelishiga o‘lib kelishini aniqlagan faktorli tahlilga asoslanib ular psixologiyasidagi qarshilik kuchi , dahlsizlik qadryati kabi xususiyatlarni korreksiyalash mumkinligi isbotlangan;
voyaga etmagan o‘smirlarning xohish-istaklari va xulq-atvori o‘zgarishi sababli virtual olamga olamga qaramlikka berilib ketmasligida va qiziqish ehtiyojini ta’minlashda shaxs psixikasida namoyon bo‘ladigan sublimatsiya mexanizmining ta’siriga ko‘ra ular xohishini ta’minlaydigan boshqa axborot manbalariga diqqatini kuchaytirish muhimligi dalillangan;
kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqdagi turli axborotlarga qiziqish sababli o‘smirlarning internetga tobelik namoyon bo‘lishini aniqlashda bir semantik maydonda fazo, vaqtni idrok etishdagi ustivorliklarini taqqoslash imkonini beruvchi klaster modelini qo‘llash orqali psixodiagnostik prognozni amalga oshirish zarurligi asoslanib, «virtual olamga qiziquvchanlik», «internetga o‘rtiqcha ishtiyoq» kabi motivlarning ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmaganlarda axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning shaxs xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
voyaga etmaganlarda axborotni saralab qabul qilish va qayta ishlash ko‘nikmasini etishmasligi tufayli axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda shaxs o‘zini-o‘zi muhofaza qilish, o‘zini anglash mativlarini shakllantirishga qaratilganpsixologik usullarni qo‘llash orqali axborotni adekvat idrok etishga erishish mumkinligi asoalangan takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 18 iyunidagi 42-P-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini, jumladan, birlamchi va ikkilamchi profilaktika faoliyatini takomillashtirish» metodikasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 10 iyulidagi 01/148-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘smirlarda axborot xurujiga nisbatan himoya mexanizmini shakllantirishga va axborot oqimi bilan ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘smirlik davridagi ijtimoiy, makoniy avtonomiyalar va alohidalik hissining mavjudligidan ular axborotni idrok etishga nisbatan xavf va internetga qaramlikni yuzaga kelishiga o‘lib kelishini aniqlagan faktorli tahlilga asoslanib ular psixologiyasidagi qarshilik kuchi, dahlsizlik qadryati kabi xususiyatlarni korreksiyalash mumkinligi isbotlangan takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 18 iyunidagi 42-P-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini, jumladan, birlamchi va ikkilamchi profilaktika faoliyatini takomillashtirish» metodikasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 10 iyulidagi 01/148-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida o‘smirlik davri inqiroziga xos xususiyatlar korreksiyasi bilan bog‘liq ilmiy-metodik ta’minotni boyitilishiga erishilgan;
voyaga etmagan o‘smirlarning xohish-istaklari va xulq-atvori o‘zgarishi sababli virtual olamga olamga qaramlikka berilib ketmasligida va qiziqish ehtiyojini ta’minlashda shaxs psixikasida namoyon bo‘ladigan sublimatsiya mexanizmining ta’siriga ko‘ra ular xohishini ta’minlaydigan boshqa axborot manbalariga diqqatini kuchaytirish muhimligi dalillangan takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 18 iyunidagi 42-P-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini, jumladan, birlamchi va ikkilamchi profilaktika faoliyatini takomillashtirish» metodikasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 10 iyulidagi 01/148-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi orqali voyaga etmagan o‘smirlarning axborot iste’molchisi sifatida o‘zini o‘zi boshqarish hamda axborotni saralash bilan bog‘liq qarorlarni qabul qila olishko‘nikmalarini muvaffaqiyatli namoyon qilish imkoni yaratilgan;
kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqdagi turli axborotlarga qiziqish sababli o‘smirlarning internetga tobelik namoyon bo‘lishini aniqlashda bir semantik maydonda fazo, vaqtni idrok etishdagi ustivorliklarini taqqoslash imkonini beruvchi klaster modelini qo‘llash orqali psixodiagnostik prognozni amalga oshirish zarurligi asoslanib, «virtual olamga qiziquvchanlik», «internetga o‘rtiqcha ishtiyoq» kabi motivlarning ta’siri isbotlangan takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 18 iyunidagi 42-P-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini, jumladan, birlamchi va ikkilamchi profilaktika faoliyatini takomillashtirish» metodikasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 10 iyulidagi 01/148-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi voyaga etmaganlar komissiyasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni psixologik xizmat faoliyatiga doir bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshishiga xizmat qilgan.