Jo‘rakulova Dildora Ziyadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylik va xasislik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Dalimova Nilufar Meliboevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylik va xasislik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini ochib berish va xasislikni korreksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylik va xasislikni namoyon bo‘lish darajasi o‘g‘il bolalardagi impul`sivlik ko‘rinishidagi «agressiv saxiylik»ni o‘zgalarga xayrihohlik hissiga yo‘naltirishi sababli jins xususiyatlariga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
o‘quvchilarda boshqalarga nisbatan g‘arazlikdan ko‘ra emotsional birdamlik hissining ortishi natijasida tengdoshlarini refleksiv qabul qilishga ruhiy tayyorlik holatini ta’minlovchi «al`ter-Ego»ni rivojlanishi asosida xasislikni bartaraf etish mumkinligi dalillangan;
oila munosabatlarida shaxsiy ibrat, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish-inkor qilish dual ahamiyatli qadriyatlar ta’sirida farzandga nisbatan «hissiy qabul qilish»ni ta’minlovchi integral emotsional yondashuvni qo‘llashga asoslanib, bolada saxiylikning rivojlanishi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xasislik korreksiyasini ta’minlaydigan antipatiyani simpatiya (yoqtirish) hissiga o‘zgartirish orqali refleksiv empatiyani shakllantirishga qaratilgan «Saxiylik – komillik» mualliflik trening dasturiga qadriyatli-motivatsion yondashuvni kiritish samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kichik maktab yoshida saxiylik va xasislikni namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylik va xasislikni namoyon bo‘lish darajasi o‘g‘il bolalardagi impul`sivlik ko‘rinishidagi «agressiv saxiylik»ni o‘zgalarga xayrihohlik hissiga yo‘naltirishi sababli jins xususiyatlariga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-24-a-sonli buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 22 sentyabrdagi PM-24-a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylik hamda xasislik rivojlanishining dinamik va yoshga oid xususiyatlarini prognozlash imkoniyatini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda boshqalarga nisbatan g‘arazlikdan ko‘ra emotsional birdamlik hissining ortishi natijasida tengdoshlarini refleksiv qabul qilishga ruhiy tayyorlik holatini ta’minlovchi «al`ter-Ego»ni rivojlanishi asosida xasislikni bartaraf etish mumkinligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-24-a-sonli buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 22 sentyabrdagi PM-24-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida pedagog-psixologlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida saxiylik hamda xasislikning rivojlanish shart-sharoitlari va mexanizmlarini rivojlantirishga oid bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan;
oila munosabatlarida shaxsiy ibrat, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish-inkor qilish dual ahamiyatli qadriyatlar ta’sirida farzandga nisbatan «hissiy qabul qilish»ni ta’minlovchi integral emotsional yondashuvni qo‘llashga asoslanib, bolada saxiylikning rivojlanishi dalillangan taklifllar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy 2021 yil 26 avgustdagi PM-24-a-sonli buyrug‘ buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 22 sentyabrdagi PM-24-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada «ota-ona – bola» munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xasislik korreksiyasini ta’minlaydigan antipatiyani simpatiya (yoqtirish) hissiga o‘zgartirish orqali refleksiv empatiyani shakllantirishga qaratilgan «Saxiylik – komillik» mualliflik trening dasturiga qadriyatli-motivatsion yondashuvni kiritish samarali ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-24-a-sonli buyrug‘ bilan «Psixologik trening asoslari» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 22 sentyabrdagi PM-24-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixolog kadrlarning «kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylikni rivojlantirish, xasislikni korreksiyalash» borasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Psixologik trening asoslari» o‘quv fani doirasidagi mavzular mazmuni va o‘quv uslubiy majmua takomillashtirilgan.