Baxromov Otabek Tursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yosh futbolchilarni tayyorlashda motivatsiyaning ahamiyati», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P192.
Ilmiy rahbar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Qodirov Obidjon Safarovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchilarni tayyorlashda va mahoratini oshirishda motivatsion sohaga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish yo‘llarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchilarda shaxs hayotiy yo‘nalganligining («ichki», «muloqot» va «faoliyat») deferensial namoyon bo‘lishi ta’sirida mashg‘ulotlardagi qat’iyatlilik, individual mahoratni «musobaqadan zavqlanish», «o‘zaro hamkorlik» bilan bog‘liq praksik hislar asosida shakllanishi tufayli guruhiy qadriyatlarning yuqori darajadagi muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasiga to‘g‘ri proporsional rivojlanishi dalillangan;
yosh futbolchilarga ustoz-shogird munosabatlarini ta’siri natijasida ulardagi muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining tafakkur kengligi, ijtimoiy ma’suliyat hissi orqali faoliyat motivatsiyasiga bevosita integratsiyasini ta’minlanishi asosida «faoliyat», «muloqot», «individual» qadriyatlar tizimining rivojlanishi isbotlangan;
yosh futbolchilarda qat’iy harakat qilish va qiyinchiliklar oldida engilmaslik, samimiylik, sezgirlik kabi xislatlarning shakllanishi o‘yin jarayonida intuitiv to‘g‘ri qaror qilish, o‘zaro hamkorlik, safdoshlarini qo‘llab-quvvatlashga, jamoaviy sintonik muloqotni yuzaga chiqishiga olib kelganligi sababli ularda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini rivojlanishini ta’minlashi mumkinligi asoslangan;
mashg‘ulot jarayonida yosh futbolchilardagi salbiy (jur’atsiz, qat’iyatsiz, bo‘ysunuvchan, shoshqaloqlik) xislatlarni yuzaga chiqmasligi uchun, hayotiy yo‘nalganlik va qadriyatlar tizimlari (yutuqqa ishonchli, shaxs yo‘nalganligi, ijobiy hamkorlikka yo‘nalganlik) asosida o‘zini boshqara olish, taktik-intuitiv tafakkuri rivojlantirishga qaratilgan muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining shakllanishiga xizmat qiladigan psixologik treninglarni («o‘zini boshqarish», «tushunish hissi», «jamoaviy yutuq») qo‘llash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yosh futbolchilarni tayyorlashda motivatsiyaning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yosh futbolchilarda shaxs hayotiy yo‘nalganligining («ichki», «muloqot» va «faoliyat») deferensial namoyon bo‘lishi ta’sirida mashg‘ulotlardagi qat’iyatlilik, individual mahoratni «musobaqadan zavqlanish», «o‘zaro hamkorlik» bilan bog‘liq praksik hislar asosida shakllanishi tufayli guruhiy qadriyatlarning yuqori darajadagi muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasiga to‘g‘ri proporsional rivojlanishi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-21-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va dfferensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-21a-son ma’lumotnomasi). Natijada futbol akademiyasi tarbiyalanuvchi- larining o‘ziga, muloqotga va faoliyatga munosabatlari ijobiy jihatdan samarali bo‘lishiga erishilgan;
yosh futbolchilarga ustoz-shogird munosabatlarini ta’siri natijasida ulardagi muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining tafakkur kengligi, ijtimoiy ma’suliyat hissi orqali faoliyat motivatsiyasiga bevosita integratsiyasini ta’minlanishi asosida «faoliyat», «muloqot», «individual» qadriyatlar tizimining rivojlanishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-21-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-21a-son ma’lumotnomasi). Natijada futbol akademiyasi yosh futbolchilarida shaxs qadriyatlarini shakllanishiga erishilgan;
yosh futbolchilarda qat’iy harakat qilish va qiyinchiliklar oldida engilmaslik, samimiylik, sezgirlik kabi xislatlarning shakllanishi o‘yin jarayonida intuitiv to‘g‘ri qaror qilish, o‘zaro hamkorlik, safdoshlarini qo‘llab-quvvatlashga, jamoaviy sintonik muloqotni yuzaga chiqishiga olib kelganligi sababli ularda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini rivojlanishini ta’minlashi mumkinligi asoslangan takliflar futbol akademiyasi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 6-sonli buyrug‘i bilan singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021 yil 16 iyun 03-17-02/2691-son ma’lumotnomasi). Natijada futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish mohiyati va psixologik tayyorgarligi sifatini oshishiga erishilgan;
mashg‘ulot jarayonida yosh futbolchilardagi salbiy (jur’atsiz, qat’iyatsiz, bo‘ysunuvchan, shoshqaloqlik) xislatlarni yuzaga chiqmasligi uchun, hayotiy yo‘nalganlik va qadriyatlar tizimlari (yutuqqa ishonchli, shaxs yo‘nalganligi, ijobiy hamkorlikka yo‘nalganlik) asosida o‘zini boshqara olish, taktik-intuitiv tafakkuri rivojlantirishga qaratilgan muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining shakllanishiga xizmat qiladigan psixologik treninglarni («o‘zini boshqarish», «tushunish hissi», «jamoaviy yutuq») qo‘llash zarurati asoslangan tavsiyalar futbol akademiyasi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 6- sonli buyrug‘i bilan singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021 yil 16 iyun 03-17-02/2691-son ma’lumotnomasi). Natijada futbol akademiyasi murabbiylari va psixologlarining futbolchilarni tayyorlash jarayonida shaxsiy xislatlari va psixologik tayyogarligini rivojlantirish ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan.