Badritdinova Madina Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda kognitiv uslub rivojlanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P387.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Do‘stmuxamedova Shoira Akbarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda kognitiv uslub rivojlanishining psixologik jihatlarini, determinantlarni aniqlash hamda uni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘smirlarda axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarishning psixik mexanizmlarini differensiyallashuvi ijtimoiy persepsiya, noaniqlikka nisbatan tolerantlik, tafakkur va faoliyat mahsuldorligini semantik tuzilmalardagi individual farqlar orqali kuchaytirilishi natijasida kognitiv uslubni konstruktiv rivojlanishiga ta’sir etishi mumkinligi dalillangan;
o‘smirlik davrida diskursiv (aniq maqsadga yo‘nalgan) va intuitiv (anglangan) qobiliyatlarning rivojlanishi ta’sirida abstrakt konseptualizatsiya, vizual-fazoviy idrokning namoyon bo‘lishini kognitiv kompetentlikka ijtimoiy ustanovkalarni singdirish asosida barqarorlashtirish orqali bilish jarayonlarini koordinatsiya qilish ko‘nikmasining shakllanishi isbotlangan;
o‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning kognitiv uslubi psixofiziologik xususiyatlar va xotira samaradorligi bilan bog‘liqligiga asoslanib, ularda axborotlarni qayta ishlash hamda qaror qabul qilishdagi mustaqillikka maqsadga yo‘naltirilgan faollik, muloqotchanlik xususiyatlarini autotreninglar yordamida rivojlantirish orqali bilish faoliyatidagi refleksivlikni kuchaytirish mumkinligi dalillangan;
o‘smirlardagi individual uslubning namoyon bo‘lishida bilish faoliyatiga qadriyat sifatida yondashishni mustaqillik hissi, axborotlarga nisbatan tolerant munosabatni shakllantirish orqali kuchaytirishga qaratilgan «Maydonga tobe va maydondan mustaqil kognitiv uslublarni takomillashtirish» mualliflik psixologik trening dasturini qo‘llash asosida korreksion tadbirlar samaradorligi ta’minlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda kognitiv uslub rivojlanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘smirlarda axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarishning psixik mexanizmlarini differensiyallashuvi ijtimoiy persepsiya, noaniqlikka nisbatan tolerantlik, tafakkur va faoliyat mahsuldorligini semantik tuzilmalardagi individual farqlar orqali kuchaytirilishi natijasida kognitiv uslubni konstruktiv rivojlanishiga ta’sir etishi mumkinligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 26 sentyabrdagi P-M-10a-son ma’lumotnomasi) hamda «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog-psixologlar, amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
o‘smirlik davrida diskursiv (aniq maqsadga yo‘nalgan) va intuitiv (anglangan) qobiliyatlarning rivojlanishi ta’sirida abstrakt konseptualizatsiya, vizual-fazoviy idrokning namoyon bo‘lishini kognitiv kompetentlikka ijtimoiy ustanovkalarni singdirish asosida barqarorlashtirish orqali bilish jarayonlarini koordinatsiya qilish ko‘nikmasining shakllanishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-sonli buyrug‘i bilan «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 26 sentyabrdagi P-M-10a-son ma’lumotnomasi). Mazkur empirik ko‘rsatkichlardan o‘quv jarayonida foydalanish natijasida bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixologlarga differensial psixologiyani o‘qitishda uslubiy ta’minot takomillashtirilgan hamda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
o‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning kognitiv uslubi psixofiziologik xususiyatlar va xotira samaradorligi bilan bog‘liqligiga asoslanib, ularda axborotlarni qayta ishlash hamda qaror qabul qilishdagi mustaqillikka maqsadga yo‘naltirilgan faollik, muloqotchanlik xususiyatlarini autotreninglar yordamida rivojlantirish orqali bilish faoliyatidagi refleksivlikni kuchaytirish mumkinligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-son buyrug‘i bilan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 26 sentyabrdagi P-M-10a-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etilishi natijasida shaxsni ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish, uning kognitiv uslublarini ilmiy baholash, ob’ektiv tavsiflash imkoniyatlari oshirilgan;
o‘smirlardagi individual uslubning namoyon bo‘lishida bilish faoliyatiga qadriyat sifatida yondashishni mustaqillik hissi, axborotlarga nisbatan tolerant munosabatni shakllantirish orqali kuchaytirishga qaratilgan «Maydonga tobe va maydondan mustaqil kognitiv uslublarni takomillashtirish» mualliflik psixologik trening dasturini qo‘llash asosida korreksion tadbirlar samaradorligi ta’minlanishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-sonli buyrug‘i bilan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 26 sentyabrdagi P-M-10a-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida psixolog kadrlarning o‘quvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatish, sinf jamoasida ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.