Farmanov Behzod Ilhomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy gazga birlamchi ishlov berish riformingida mahalliy katalizatorlarni ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1523.
Ilmiy rahbar: Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Safarov Yodgor Toirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida sanoat chiqindi katalizatorlari asosida tabiiy gazni birlamchi riforming qilish uchun samarali yuqori mustahkamlikka ega katalizatorni olishning mahalliylashgan maqbul texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik parametrlarning ekstraksiya darajasi va chiqindi katalizatorlardan ajratib olingan nikel eritmalari tarkibiga ta’siri aniqlangan;
nikel nitratning yuqori sifatli eritmalarini olishga imkon beruvchi texnik echimlari ishlab chiqilgan;
bug‘ hosil qiluvchi qo‘shimchalar, kalsiy va magniy oksidlari nisbatlarining katalizatorlar uchun tashuvchi xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
yuqori mustahkam va kam gidravlik qarshilikka ega tashuvchisini olish usuli ishlab chiqilgan;
nikel oksidini qayta ishlaydigan tashuvchida nikelni o‘z ichiga olgan katalizator olishning maqbul texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Nikel` tutgan katalizatorni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GIAP-8 sanoat chiqindi katalizatorlaridan nikelni ajratib olish va eritmalarini yuqori sifatda tozalash texnologiyasi "OKMK" AJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati"ga kiritilgan ("OKMK" AJning 2022 yil 17 maydagi AA-003593-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi katalizatorlarning eritmalaridan foydalangan holda nikelli katalizatorlarni olish imkonini beradi;
GIAP–8 ning chiqindi katalizatorlaridan tabiiy gazni birlamchi riforming qilish uchun nikel o‘z ichiga olgan katalizatorni olish texnologiyasi "OKMK" AJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati"ga kiritilgan ("OKMK" AJning 2022 yil 17 maydagi AA-003593-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiyaning joriy etish sanoatni o‘z katalizatorlari bilan ammiak olish uchun sintez gazini ishlab chiqarishni ta’minlaydi va bu jarayonda GTL jarayonida suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun katalizatorlar importini kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish