Urinov Abrorbek Axrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy neft, gaz va yog‘-moy sanoati xomashyo va qoldiqlardan ishlab chiqilgan bitum kompozisiyasi asosida «Poliizol» olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2757.
Ilmiy rahbar: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Soliev Rustam Xakimjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Saidaxmedov Shamsiddin Muxtorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft, gaz va yog‘-moy sanoati xomashyo va qoldiqlardan ishlab chiqilgan bitum kompozisiyasi asosida «Poliizol» olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori ekspluatatsion xususiyatlariga ega bo‘lgan neftshlami, gossipol qatroni, texnik oltingugurt va so‘ndirilmagan ohak asosida yangi tarkibga ega bo‘lgan qurilish bitum kompozisiyasining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
yangi tarkibga ega bo‘lgan qurilish bitum kompozisiyasi tarkibidagi komponentlarining vazifasi va o‘zaro ta’sir mexanizmi aniqlangan;
ishlab chiqilgan “Poliizol” gidroizolyasion materialini fizik-mexanik xossalari, ya’ni cho‘zilishdagi uzilish kuchining chiziqli o‘lchami ijobiy ko‘rsatkichga ega ekanligi, -13,5ºS haroratdagi egiluvchanligi, suv yutuvchanligi va suvga chidamlilik natijalari, qizdirilganda massa yo‘qotilishi va issiqlikka chidamliligi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
yangi tarkibga ega bo‘lgan qurilish bitum kompozisiyasi asosida “Poliizol” gidroizolyasion materialini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyo va qoldiqlar tayyorlangan yangi tarkibli qurilish bitum kompozisiyasi asosida poliizol gidroizolyasiya materialini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
«Poliizol – M» suv o‘tkazmaydigan gidroizolyasion materialini olish texnologiyasi «Sifat kafolat qurilish» MChJ korxonasida joriy qilingan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 6 sentyabrdagi 05/15-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiya asosida qalinligi 5 mm bo‘lgan, egiluvchanlik harorati -13,5 ºS, isitganda massa yo‘qotilish qiymati 2,42% va suv yutuvchanlik qobiliyatini 0,59% ga kamaygan «Poliizol – M» gidroizolyasiya materialini olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Poliizol – M» suv o‘tkazmaydigan gidroizolyasion materiali «Yangi Cho‘lpon Kommunalchi» TSJ korxonasida binolarning poydevorini gidroizolyasiya qilishda joriy qilingan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 6 sentyabrdagi 05/15-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada, qalinligi 3 mm, 5 mm va 10 mm bo‘lgan gidroizolyasion materiallarning namunalarining nisbiy cho‘ziluvchanlik qiymatini 18,2%, 30,3% va 45,5% ga oshirish imkonini bergan.