Saidov Mash’al Samadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy monopol tashkilotlarning boshqaruv uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.13– «Menejment», (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt330.
Ilmiy maslahatchi: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Abduqodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shoxista Ne’matullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy monopoliyalar tarkibiga kiruvchi elektr energetikasi sohasining boshqaruv uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazishning generirlash, uzatish va etkazib berish bosqichlari o‘rtasidagi tabiiy monopoliya ta’sirini eng past darajaga tushirish imkonini beruvchi maqbul nisbatlar (65%; 20%; 15%)ni ta’minlash asoslangan;
iqtisodiyotning monopol tavsifdagi tarmoqlarida tashkil etilayotgan yangi eksportyor korxonalarning mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kredit mablag‘larining 50 foizgacha hajmiga davlat tomonidan kafillik berish orqali tabiiy monopoliyalarning tovar-moliya bozoridagi raqobat muhitiga ta’sirini kamaytirish taklifi asoslangan;
elektr energiyasi ishlab chiqarishda energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni samarali qondirish maqsadida elektr energiyasini sotuvchi vositachi tashkilotlar («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ) hisobiga o‘tkaziluvchi to‘lovlarning 40 foizgacha bo‘lgan qismini bevosita iste’molchi (yirik sanoat korxonalari)lar tomonidan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ hisobiga o‘tkazish taklifi ishlab chiqilgan;
elektr energetikasi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvozanatli boshqaruv samaradorligining 2027 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
mintaqaviy elektr quvvati bozorini rivojlantirishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar xaritasi ishlab chiqilib, uning asosida mintaqaviy elektr quvvati bozoriga ta’sir etuvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish hamda mintaqaviy elektr quvvati bozorining tarkibiy tuzilmasi (davlat, davlat-xususiy sheriklik, xorijiy investor mulkidagi IES; quyosh elektr stansiyasi; shamol elektr stansiyasi) takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy monopol tashkilotlarning boshqaruv uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazishning generirlash, uzatish va etkazib berish bosqichlari o‘rtasidagi tabiiy monopoliya ta’sirini eng past darajaga tushirish imkonini beruvchi maqbul nisbatlar (65%; 20%; 15%)ni ta’minlash taklifidan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2022-2026 yillarda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ning 2022 yil 31 martdagi 01-07/814-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJda elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazib berish jarayonlarida tabiiy monopoliya ta’sirini eng past darajaga tushirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiyotning monopol tavsifdagi tarmoqlarida tashkil etilayotgan yangi eksportyor korxonalarning mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kredit mablag‘larining 50 foizgacha hajmiga davlat tomonidan kafillik berish orqali tabiiy monopoliyalarning tovar-moliya bozoridagi raqobat muhitiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti» tomonidan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish choralari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 06/04-01-37/3297-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tabiiy monopoliya tarmoqlarida yangi eksportyor korxonalarni tashkil etish, qat’iy valyuta mablag‘lari tushumini oshirish hamda raqobat muhitini kuchaytirish imkoni yaratilgan;
elektr energiyasi ishlab chiqarishda energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni samarali qondirish maqsadida elektr energiyasini sotuvchi vositachi tashkilotlar («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ) hisobiga o‘tkaziluvchi to‘lovlarning 40 foizgacha bo‘lgan qismini bevosita iste’molchi (yirik sanoat korxonalari)lar tomonidan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ hisobiga o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti» tomonidan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish choralari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 06/04-01-37/3297-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatida energiya resurslari, zarur texnik vositalar va ta’mirlovchi-butlovchini qismlarni sotib olish, kreditorlik qarzdorliklarini o‘z vaqtida so‘ndirish jarayonlarini tezkor moliyaviy ta’minlash imkoni yaratilgan;
elektr energetikasi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvozanatli boshqaruv samaradorligining 2027 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari «Issiqlik elektr stansiyalari» AJning istiqboldagi rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ning 2022 yil 31 martdagi 01-07/814-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksionerlik jamiyati iqtisodiy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish ko‘rsatkichini 7 foizga oshirish imkoni aniqlangan;
mintaqaviy elektr quvvati bozorini rivojlantirishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar xaritasi ishlab chiqilib, uning asosida mintaqaviy elektr quvvati bozoriga ta’sir etuvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish hamda mintaqaviy elektr quvvati bozorining tarkibiy tuzilmasi (davlat, davlat-xususiy sheriklik, xorijiy investor mulkidagi IES; quyosh elektr stansiyasi; shamol elektr stansiyasi)ni takomillashtirish taklifidan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2022-2026 yillarda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ning 2022 yil 31 martdagi 01-07/814-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2022-2026 yillarda rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish imkoni yaratilgan.