Djumabaeva Shaira Xalillaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy-demografik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt043.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Norim Razzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Madenova El`mira Nzamatdinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy-demografik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Qorao‘zak, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tumanlarida  robototexnika (robotics), sun’iy intellekt (artificial intelligence) va avtomatlashtirish (automation) asosida iqtisodiyot tarmoqlarida bandlikni ta’minlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Nukus shahri, To‘rtko‘l, Amudaryo va Beruniy tumanlarida aholining yosh o‘zgarishlari omilining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini o‘rtacha sirpanuvchi (moving average) usul yordamida iqtisodiy o‘sishning demografik o‘zgarishlarga teskari bog‘liqligini aniqlash  taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi urbanizatsiya darajasi past Ellikqal’a (12%), Nukus (20%) Qonliko‘l (25%) tumanlarda urbanizatsiyalashgan  tumanlarga nisbatan tafovutlarni AKTdan foydalanish darajasi, kommunal xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish orqali bartaraf qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy-demografik rivojlantirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda  aholi sonini 2031 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy-demografik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va muammolarni hal etish bo‘yicha ishlab chiqilgan  ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Qorao‘zak, Xo‘jayli, va Qo‘ng‘irot tumanlarida  robototexnika (robotics), sun’iy intellekt (artificial intelligence) hamda avtomatlashtirish  (automation) asosida iqtisodiyot tarmoqlarida bandlikni ta’minlash bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 13 iyuldagi 01-05/1644-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks rivojlantirish, axoli tyrmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorni  ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 02/858-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga joriy qilinishi aholini mehnatga rag‘batini oshirish, yoshlar va ayollar o‘rtasida yuqori ishsizlikni bartaraf qilish, aholining iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan qismi bandligini oshirish imkonini beradi.
Nukus shahri, To‘rtko‘l, Amudaryo va Beruniy tumanlarida aholining yosh o‘zgarishlari omilining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini o‘rtacha sirpanuvchi (moving average) usul yordamida iqtisodiy o‘sishning demografik o‘zgarishlarga teskari bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 13 iyuldagi 01-05/1644-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks rivojlantirish, axoli tyrmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarorni  ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi  02/858-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga joriy kilinishi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari, aholi yosh guruhlarini iqtisodiy o‘sishga ta’sir darajalarini aniqlash imkonini berish bilan birga  infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi urbanizatsiya darajasi past Ellikqal’a (12%), Nukus (20%), Qonliko‘l (25%) tumanlarda urbanizatsiyalashgan  tumanlarga nisbatan tafovutlarni umumiy tasodifiy sonlar (sommon random numbers) yordamida AKTdan foydalanish darajasi, kommunal xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish orqali kamaytirish bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 13 iyuldagi 01-05/1644 son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks rivojlantirish, axoli tyrmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarorni  ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 02/858-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida, mintaqa aholisi va mehnat resurslari sonining dinamik o‘sishi, joylashuvi inobatga olingan holda tuman va shaharlarni ijtimoiy-ijtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda urbanizatsiyalashuv darajasini oshirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy-demografik rivojlantirish imkoniyatlari hisobga olgan holda  aholi sonini 2031 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarining ekonometrik modellari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 13 iyuldagi 01-05/1644-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks rivojlantirish, axoli tyrmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarorni  ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 02/858-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy demografik rivojlantirish, aholining mehnatda bandligi ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini chuqur tahlili qilish, bandlik kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish