Sayt test rejimida ishlamoqda

Yusupov Abdurashid Xamidillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yarimo‘tkazgichli optoelektron asboblar hamda tranzistorlar kombinatsiyasi asosida qishloq xo‘jaligi qurilmalarini yaratish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2438
Ilmiy rahbar: Olimov Lutfiddin Omanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldashov Obbosjon Xokimovich, Texnika fanlari doktori, dotsent; Nurdinova Roziyaxon Abdixalikovna, PhD, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: yarimo‘tkazgichli optoelektron asboblarning yorug‘lik nurlarini havo va suvli muhitda tarqalish qonuniyatlari hamda n-p-n tuzilmali tranzistorlarni o‘rganish asosida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan qurilmalarni yaratish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nurlantirgichlarning yorug‘lik nurini suvli muhitda tarqalish qonuniyatlari va yorug‘lik spektrini aniqlashning optoelektron metodi ishlab chiqilgan;
optoelektron metod yordamida nurlantirgichlarning fotoelektrik xarakteristikalarini tadqiq qilish orqali suvli muhit uchun eng optimal manba yarimo‘tkazgichli yorug‘lik diodi ekanligi asoslantirilgan;
n-p-n tuzilmali tranzistorlar asosida yuqori kuchlanishlar hosil qilishning soddalashtirilgan sxemasi taklif qilingan bo‘lib, ish holatida to‘g‘ri o‘tish rejimida tranzistor T25150S harorat oraliqlarida qizishi bilan p-n o‘tishlar tokining harorat koeffisienti 600 mkA dan 94 mkA gacha kamayishi hamda teskari o‘tish rejimida tokning harorat koeffisienti αI 0,5 dan nolga intilishi aniqlangan;
n-p-n tuzilmali tranzistorning ish holatidagi to‘g‘ri o‘tish rejimida T25150S harorat oralig‘ida qizishi bilan (U) baza-emitter soha uchun p-n o‘tish kuchlanishining harorat koeffisienti 2,2 mV/S dan 1,3 mV/S gacha, baza-kollektor soha uchun 1,3 mV/S dan 0,6 mV/S gacha chiziqli kamayishi hamda teskari o‘tish rejimida baza-emitter va baza-kollektor sohalaridagi kuchlanish ortishi aniqlangan;
yarimo‘tkazgichli optoelektron asboblar hamda n-p-n tuzilmali tranzistorlar kombinatsiyasi asosida baliqchilik yoritish qurilmasi va zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashga mo‘ljallangan biofizik tutqichlar konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: yarimo‘tkazgichli optoelektron asboblarning yorug‘lik nurlarini havo va suvli muhitda tarqalish qonuniyatlari hamda n-p-n tuzilmali tranzistorlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yorug‘lik nurlarining havo va suv muhitida tarqalish qonuniyatlari va spektral xarakteristikasini o‘rganishda qo‘llanilgan optoelektron metod hamda olingan natijalar va ularning muhokamasi Tojikiston energetika institutining “Kuchli elektronika” laboratoriyasida (Tojikiston energetika institutining 21.11.2021 yildagi №431/11-21-son ma’lumotnomasi) hamda “Akademik B.G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti” Aniq va tabiiy fanlar Ilmiy-tadqiqot institutida (“Akademik B.G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti” Tojikiston Respublikasi Ilm va fan davlat ta’limi muassasasining 05.11.2021 yildagi №01-17710-son ma’lumotnomasi) yorug‘lik nurlarining havo va turli suv muhitlarida tarqalishining spektral xarakteristikalarini hamda kuch tranzistorlarining xarakteristikalarini o‘rganishda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalar va optoelektron metoddan foydalanish yorug‘lik nurlarining havo va suv muhitida tarqalishi qonuniyatlari va spektral xarakteristikalarini hamda kuch tranzistorlarining xarakteristikalarini o‘rganish imkonini bergan;
yorug‘lik nurlarining havo va suv muhitida tarqalish qonuniyatlari va spektral xarakteristikasini o‘rganishda olingan natijalar va ularning muhokamasi “Yarimo‘tkazgichlar va ularning nanostrukturalarida fotonli kinetik samaralarning nazariy tadqiqi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (OT-F2-66 loyiha rahbari f.-m.f.d., professor R.Ya. Rasulovning 17.11.2021 yildagi №01-3626-son ma’lumotnomasi) yorug‘lik nurlarini turli muhitlarda tarqalish qonuniyatlari va spektral xarakteristikalarini hamda p-n o‘tishlarning xarakteristikalarini tadqiq qilishda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish yorug‘lik nurlarining kondensirlangan muhitlarda tarqalish qonuniyatlari va spektral xarakteristikalarini hamda p-n o‘tishlarda kuchlanish va tok kuchining harorat koeffisientlarining nazariyasini ishlab chiqish va modellashtirish imkonini bergan;
oq yorug‘lik nuri chiqaruvchi diod hamda tranzistor kombinatsiyasiga asoslangan “Zararli uchar hashoratlarga qarshi kurash qurilmasi” ishlab chiqilgan va unga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining foydali modelga patenti (Patent Uz FAP 01356, 31.01.2019) olingan. Ishlab chiqilgan qurilma qishloq xo‘jaligi zararkunanda uchar hashoratlarga qarshi samarali va uyg‘unlashgan kurash choralarini joriy etishning ekologik jihatdan sof tizimini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish