Abdukadirova Maloxat Norijonovnaning
falsafa doktori (phd) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oqova suvlarni biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish (Toshkent shahari aeratsiya stansiyasi misolida)”, 05.09.04-“Suv ta’minoti, kanalizatsiya. Suvni muhofazalovchi qurilish tizimlari”, 11.00.05-“Atrof Muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2729
Ilmiy rahbarlarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Radkevich Mariya Viktorovna, texnika fanlari doktori, professor,
Ismailxodjaev Baxodirxodja Sharipxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, professor Raximova Latofatxon Sobirjonovna, Toshkent arxitektura va qurilish instituti, “Injenerlik kommunikatsiyalarini loyhalash, qurish va ishlatish” kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi, Bo‘riev Eshmurod Sattorovich.
Yetakchi tashkilot Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oqova suv tozalash inshootlarida shakllangan oqova suvlarni biologik tozalash texnologiyalarini takomillashtirish hamda tozalash inshootlari uchun oqimli aerator ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqimli aerator uchliklarining takomillashtirilgan (teshiklarning cho‘zinchoq shaklini qo‘llash orqali) konstruksiyasi uchun gidrodinamik va massa almashinuv xususiyatlarining oqilona kombinatsiyasi (8 teshikli maydoni 356 mm2 bo‘lgan uchlik uchun 4,69 l/s suv sarfida standart kislorod o‘tkazish koeffisientining eng katta qiymati 3,33∙10-2 ni tashkil qiladi, 1 teshikli maydoni bo‘lgan uchlik uchun 1,11 l/s suv sarfida maksimal kislorod o‘tkazish samaradorligi 26,13 kg O2/kVt-soat ga erishiladi) o‘rnatilgan;
rezervuarning nisbiy chuqurligini 2,1 baravar kamaytirish orqali rezervuar hajmidan unumli foydalanish ulushini 29,8% dan 50% gacha oshirish imkoniyati aniqlangan va faol aeratsiyalangan zonaning o‘lchamlarini aniqlash uchun matematik modeli ishlab chiqilgan;
aeratorda cho‘zinchoq teshiklari bo‘lgan uchliklardan foydalanishda aeratsiya samaradorligini va standart kislorod o‘tkazish koeffisientini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
tozalash inshootlariga kelib tushadigan oqava suvlarning hajmi va sifati bo‘yicha mavsumiy o‘zgarishlari hamda chidamli suv o‘simligi va suv o‘tlari turlari aniqlangan (Binokor tozalash inshootlari uchun Pistia stratiotes L, Salar aeratsiya stansiyasi uchun Pistia stratiotes L va Chlorella vulgaris YA-1-6);
tozalash inshootlarida oqova suvlaridan chiqayotgan zararli moddalarni absorbsiya xususiyatlaridan kelib chiqib suv o‘simligi va suv o‘tlari yordamida biologik tozalash texnologiyasi samaradorligi baholangan, oqova suvlarni kislorod bilan boyitish usuli aniqlangan (oqimli aeratsiya va suv o‘simliklari birgalikda foydalanish bilan tozalash samaradorligi 92-95 % ni tashkil etdi).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biologik tozalash texnologiyalarini samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
samarali aeratsiya tizimi «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ hamda «Sirdaryo suv ta’minoti» MChJ Shirin shahri tomonidan amaliyotga joriy qilingan («O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 24 - dekabrdagi №2/24-3579 ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvni kislorod bilan maksimal darajada ta’minlash imkoniyati yaratildi hamda suv o‘tlari va o‘simliklarini biologik tozalash darajasi oshishiga va tozalash muddatini qisqarishiga erishilgan;
oqimning kirish chuqurligini va massa o‘tkazishning hajmiy koeffisientini aniqlashning ishlab chiqilgan matematik modellari va o‘rnatilgan qonuniyatlari O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi «Jizzax shahar suv ta’minoti MChJ» Zarbdor tumani filiali hamda «Sirdaryo suv ta’minoti MChJ» Xovos tumani tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 2021 yil 17 dekabrdagi № 02/01-5935 ma’lumotnomasi). Natijada, aeratsion uskunalarni amaliy hisobini bajarish, hisoblar aniqligini oshirish va loyihachi muhandislarning ishlash unumdorligini oshirish, hamda ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan.