Abdullaeva Nigora Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polianilin asosidagi tok o‘tkazuvchi polimer materiallar», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K339.
Ilmiy rahbar: Mahkamov Muzaffar Abdugapparovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Jo‘raev Murod  Maxmarajab o‘g‘li,  kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suvli eritmalarda anilinning oksidlanishli polimerlanish kinetikasi va mexanizmin hamda polianilin asosidagi materiallarning fizik-kimyoviy va elektrofizik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anilinning suvli eritmalarda polimerlanish jarayonining kinetik parametrlari, umumiy faollanish energiyasi hamda monomer va oksidlovchi bo‘yicha reaksiya tartiblari aniqlanib, anilinning persul`fatlar ishtirokida polimerlanishi past haroratlarda kation, yuqori haroratlarda esa radikal mexanizmda borishi isbotlangan;
polianilin tarkibiga dopantlar kiritilishi uning termokimyoviy destruksiya jarayonini tezlashishi va umumiy energiyasining kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
olingan polimer va kompozision materiallarning tok o‘tkazuvchanligi hamda ularni olish sharoitlari, dopand tabiati va miqdori orasidagi bog‘liqliklar aniqlangan;
ilk bor polianilinning ZnO bilan hosil qilgan polimer kompozisiyasi tarkibidagi metall oksidining massa miqdori 15% gacha bo‘lganida ular yarimo‘tkazgichlar, undan yuqori bo‘lganida esa metallarga xos elektr o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor polianilinning emeral`din tuz shakli «p» tipdagi, tarkibida ZnO va TiO2 tutgan kompozisiyalari esa «n» tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich materiallar turiga kirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polianilin asosida tok o‘tkazuvchi materiallar olish, ularning fizik va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
polianilin asosidagi kompozit materiallar sintezi uchun tashkilot standarti O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya - epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkiloti tomonidan tasdiqlangan (Ts 200845944-01:2021). Natijada, korxonalarda polimerni olish, saqlash va undan foydalanish bo‘yicha standart sharoitlar yaratish imkonini bergan;
polianilin asosida olingan tok o‘tkazuvchi polimer kompozitlarni «Foton» AJda elektrofizik parametrlari o‘rganilgan («Foton» AJ korxonasining 2022 yil 03-martdagi №-04-3/352-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta zaryadlanuvchi batareyalar va superkondensatorlar elektrod materiallarining tarkibiy komponentlari, turli antistatik kompozisiyalar tayyorlashda qo‘shimchalar sifatida foydalanish imkonini bergan;
polianilin asosida olingan o‘tkazuvchi polimer kompozitlar «Eletrokimyozavod» QK AJ tomonidan avtomatika va nazorat o‘lchov uskunalari va nazorat o‘lchov asboblari bo‘limi laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan («Eletrokimyozavod» QK AJ korxonasining 2022 yil 17-maydagi №123-son ma’lumotnomasi). Natijada polianilin asosidagi tok o‘tkazuvchi polimer materiallardan avtomatika va nazorat o‘lchov (KIPiA) asbob-uskunalarida kontakt va tok o‘tkazuvchi elementlar sifatida foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish