Sayt test rejimida ishlamoqda

Nabiev Dilmurod Abdualievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tereftal kislota asosida organik pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3006.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tereftal kislota asosida metall tutgan yangi organik pigmentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tarkibli organik pigmentlar tereftal kislota, karbamid, ftal angidridi, metall tuzlari, hamda katalizator asosida sintez qilingan;
mis, kobal`t, kal`siy va tereftal kislota asosida M-1, M-2, K-1 va K-2 markali organik pigmentlar olingan;
sintez qilingan tereftal kislota asosidagi ftalotsianin pigmentlari tarkibining haroratga, sintez davomiyligiga, dastlabki komponentlarning nisbatiga va muhitning rN-ga bog‘liqligi aniqlangan;
sintez qilingan tereftal kislota asosidagi ftalotsianin pigmentlari mexanik xossalarining sul`fat kislota konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
tereftal kislota asosida organik pigmentlarni olish jarayoni o‘rganilganda, tereftal kislota amidi qoldiqlari tutgan yangi ftalotsianin pigmentlari hosil bo‘lishi aniqlangan;
tereftal kislota asosidagi ftalotsianin pigmentlarining metall komplekslari olinishi va ular asosidagi polimer buyumlar va lok-bo‘yoq qoplamalari ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan;
tereftal kislota asosida organik pigmentlar olishning resurs tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan va ularni ishlab chiqarish jarayonining maqbul texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tereftal kislota asosida organik pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tereftal kislota asosida sintez qilingan yangi organik pigmentlar  ishlab chiqarish texnologiyasi “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2022 yil 28 apreldagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada, tereftal kislota qoldig‘i tutgan organik pigmentlar asosida import o‘rnini bosuvchi yangi pigmentlar olish imkonini bergan;  
ikkilamchi xomashyolardan olingan tereftal kislota asosida sintez qilingan yangi organik pigmentlar ishlab chiqarish texnologiyasi “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2022 yil 28 apreldagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi xom ashyolardan olingan tereftal kislota asosidagi organik pigmentlar ishtirokida PF-115 markali emalning namunalarni olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish