Sayt test rejimida ishlamoqda

Egamberganova Matluba Jobborgonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasi turkmanlari etnomadaniy o‘zligini anglashi: an’analar va transformatsion jarayonlar (tarixiy-etnologik tadqiqot), 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD.Tar661.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot nomi: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasi turkmanlari etnomadaniy o‘zligini anglashi va zamonaviy etnomadaniy munosabatlar ta’sirida o‘zgarishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XVI-XIX asrlarda mintaqada yuz bergan siyosiy-iqtisodiy jarayonlar (urug‘lar o‘rtasida nizolar, harbiy xizmat, er va suv muammosi, qurg‘oqchilik) natijasida Xorazm vohasiga turkman urug‘lari (ersari, yovmud, taka, chovdur, chandir, qoradoshli, ota, shix, mexinli, igdir)ning migratsiyasi yuz berganligi aniqlangan; 
sovet davrida olib borilgan milliy siyosat, ya’ni aholini majburiy tartibda jamoa xo‘jaliklariga jalb qilinishi, kolxozlar tashkil etilishi natijasida turkmanlarning identiklik tizimida urug‘-qabilaviy o‘zlikni anglashdan milliy o‘zlikni anglashga o‘zgarishi va nomadik (ko‘chmanchi) xo‘jalikdan o‘troq dehqonchilik turmush tarziga o‘tishi yuz berganligi asoslab berilgan;
XX asrning 50-60-yillaridan boshlab voha turkmanlari kundalik hayotida asosan ikki til (turkman va o‘zbek) ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, 90-yillardan boshlab Xorazm o‘zbek shevasi asosida turkman tilining yangi lahjasi shakllanganligi aniqlangan;
globalizatsion jarayonlar va o‘zbeklar bilan qo‘ni-qo‘shnchilik aloqalari ta’sirida voha turkmanlari oilaviy marosimlarida “aqiqa”, “beshik to‘yi”, “lachak to‘yi”, “chilla”, qabrlarni er ustiga qo‘yilishi kabi yangi an’analar keng ommalashganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi turkmanlari etnomadaniy o‘zlikni anglashi masalalarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
XVI-XIX asrlarda mintaqada yuz bergan siyosiy-iqtisodiy jarayonlar (urug‘lar o‘rtasida nizolar, harbiy xizmat, er va suv muammosi, qurg‘oqchilik) natijasida Xorazm vohasiga turkman urug‘lari (ersari, yovmud, taka, chovdur, chandir, qoradoshli, ota, shix, mexinli, igdir)ning migratsiyasi yuz berganligi bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan vohada istiqomat qilayotgan turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro totuvlikni targ‘ib qilishda foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 26 noyabrdagi 14-07-2161-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy etilishi ko‘p millatli O‘zbekistonda turli millat va elatlar milliy madaniyati,  an’ana va marosimlarni keng targ‘ib etishga asos bo‘lgan;
sovet davrida olib borilgan milliy siyosat, ya’ni aholini majburiy tartibda jamoa xo‘jaliklariga jalb qilinishi, kolxozlar tashkil etilishi natijasida turkmanlarning identiklik tizimida urug‘-qabilaviy o‘zlikni anglashdan milliy o‘zlikni anglashga o‘zgarishi va nomadik (ko‘chmanchi) xo‘jalikdan o‘troq dehqonchilik turmush tarziga o‘tishi yuz berganligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, “2021 yilda O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining VI yo‘nalishiga oid “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” 51 bandi – Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” huzuridagi ijtimoiy-ma`naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 10 fevraldagi 13-son dalolatnomasi). Natijalar, O‘zbekistonda yashovchi turli millatlarning qadimiy va boy tarixi hamda moddiy-ma’naviy madaniyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
XX asrning 50-60-yillaridan boshlab voha turkmanlari kundalik hayotida asosan ikki til (turkman va o‘zbek) ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, 90-yillardan boshlab Xorazm o‘zbek shevasi asosida turkman tilining yangi lahjasi shakllanganligi, globalizatsion jarayonlar va o‘zbeklar bilan qo‘ni-qo‘shnchilik aloqalari ta’sirida voha turkmanlari oilaviy marosimlarida “aqiqa”, “beshik to‘yi”, “lachak to‘yi”, “chilla”, qabrlarni er ustiga qo‘yilishi kabi yangi an’analar keng ommalashganligi xususidagi materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Tarixiy savol” va “Xiva – turkiy dunyo madaniyati poytaxti” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 10 fevraldagi 40-40-210-son ma`lumotnomasi). Mazkur ma`lumotlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim amaliy ahamiyat kasb etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish