Sayt test rejimida ishlamoqda

Nurmetov Ismoil Alimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ekologik hamkorlik aloqalari tarixi (1991-2019 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar626.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor; Sariboev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning 1991-2019 yillardagi tashqi siyosatining ekologik aspektlarini hamda Markaziy Osiyodagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi integratsiya jaryonlarida ishtiroki masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda ekologiya va atrof-muhit masalalaridagi integratsiya jarayonlarida OQHJ, DSHMK, DBRK, MOMEMning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtiruvchi roli aniqlanib, ushbu mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtiroki orqali O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining mintaqaviy va global ekologik siyosiy munosabatlar tizimiga integratsiyalashuvi dinamikasi ochib berilgan;
O‘zbekistonda global ekologik konvensiyalarni milliy mexanizmlarining shakllanishi va ular doirasida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan “Markaziy Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik”,   “O‘zbekistonda iqlimiy xavflarni boshqarish”, “Toza rivojlanish mexanizmi”, “Neksus loyihasi”, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, o‘rmonzorlarini tiklash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar hamda “Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining transformatsiyasida muhim rol` o‘ynaganligi asoslangan;
BMTning ixtisoslashgan organlari va xalqaro donor tashkilotlarining ijtimoiy-ekologik muammolar echimiga yo‘naltirilgan “Er resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusi”, “Biologik xilma-xillikni saqlash, biologik resurslarni tiklash, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, suv resurslari va atrof-muhitni boshqarish”, “Inson va biosfera” kabi loyihalari hamda “Orol dengizi havzasi mamlakatlariga yordam ko‘rsatish” (ODHD-1, ODHD-2, ODHD-3), “Orol dengizi havzasi uchun iqlim o‘zgarishini moslashtirish va kamaytirish”, “Cho‘llanishning oldini olish”,  “O‘zbekiston qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” kabi dasturlarining O‘zbekistonda barqaror rivojlanish asoslarini mustahkamlash, xususan ekotizimlarni saqlash va sog‘lomlashtirish, biologik xilma-xillikni saqlab qolish, resurslardan oqilona foydalanish, aholining yashash sharoitini yaxshilash hamda ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qilgani dalillangan;
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida qo‘shni  mamlakatlar bilan ochiq, konstruktiv va pragmatik siyosat natijasida muloqot maydonining mustahkamlanishi Orol va Orolbo‘yi muammolari, transchegaraviy resurslardan foydalanish, iqlim o‘zgarishlari, transport-kommunikatsiya va energetika masalalarini hal qilishda mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash orqali inklyuziv rivojlanish imkoniyatlarini ochganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ekologik hamkorlik aloqalari tarixi (1991-2019 yy.)ni o‘rganish asosida:
mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda ekologiya va atrof-muhit masalalaridagi integratsiya jarayonlarida OQHJ, DSHMK, DBRK, MOMEMning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtiruvchi roli aniqlanib, ushbu mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtiroki orqali O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining mintaqaviy va global ekologik siyosiy munosabatlar tizimiga integratsiyalashuvi dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Ekologik partiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga oid masalalar muhokamasini tashkil etishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 11/581-son dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston Ekologik partiyasi elektron ma’lumotlar bazasini boyitishga, ilmiy maqolalar hamda seminar-treninglar uchun tarqatma materiallarni tayyorlashga xizmat qilgan; 
O‘zbekistonda global ekologik konvensiyalarni milliy mexanizmlarining shakllanishi va ular doirasida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan “Markaziy Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik”, “O‘zbekistonda iqlimiy xavflarni boshqarish”, “Toza rivojlanish mexanizmi”, “Neksus loyihasi”, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, o‘rmonzorlarini tiklash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar hamda “Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining transformatsiyasida muhim rol` o‘ynaganligiga oid ilmiy natijalaridan respublikaning tashqi siyosiy faoliyatni olib boruvchi davlat muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyati bilan yanada integratsiyalashuviga oid istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 yanvardagi 03-02/8-119-son ma’lumotnomasi). Natijalar xalqaro va mintaqaviy miqyosda tashkilotlar, platformalar va institutlar faoliyatida ishtirok etish, shuningdek hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida qo‘shni  mamlakatlar bilan ochiq, konstruktiv va pragmatik siyosat natijasida muloqot maydonining mustahkamlanishi Orol va Orolbo‘yi muammolari, transchegaraviy resurslardan foydalanish, iqlim o‘zgarishlari, transport-kommunikatsiya va energetika masalalarini hal qilishda mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash orqali inklyuziv rivojlanish imkoniyatlari bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining 2022 yil 29 mart 01-06-667-son ma’lumotnomasi). Natijalar “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Muborak maskanlar” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish