Sayt test rejimida ishlamoqda

Musaev Djamaliddin Kamalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishining oldini olishda xalqaro huquqiy jihatlari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu318.
Ilmiy rahbar: Tillabaev Mirzatillo Alisherovich, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, DSs.07/27.02.2020.Yu.108.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Gulimov Amanlik Bazarbaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishini oldini olishda xalqaro hamkorlik, uni tartibga soluvchi milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy normalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giyohvandlik vositalari va ularning analoglarining qonuniy qo‘llanilishini ma’muriy tartibga solish tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirgan holda takomillashtirish, shuningdek ulardan noqonuniy foydalanilishiga qarshi tizimli kurashishning aniq chora-tadbirlarini belgilash zarurati asoslangan;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishini taqiqlash, shuningdek ulardan har qanday shaklda foydalanganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish zarurati asoslangan;
giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy xalqaro savdosiga barham berish hamda jinoyatchilarning jazolanishi muqarrarligini ta’minlash maqsadida xalqaro huquq normalarini milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish zarurati asoslangan;
vakolatli organlar bilan kelishuvlar hamda xalqaro shartnomalar asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida etkazib berish usulidan foydalanish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishini oldini  olishda  xalqaro  huquqiy  jihatlari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini qonuniy foydalanishni ma’muriy tartibga solish tizimini takomillashtirish, shuningdek ulardan noqonuniy foydalanilishiga qarshi chora-tadbirlarni belgilashga oid taklif BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 17 dekabrdagi “Narkotiklar va ularga qarshi kurashishning global masalalarini hal qilishda xalqaro hamkorlik” haqidagi 73/192-son rezolyusiyasining 18-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakolatxonasining 2022 yil 17 yanvardagi 034/008-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jahonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini noqonuniy aylanishini oldini olishga xizmat qilgan;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishini taqiqlash, shuningdek ulardan har qanday shaklda foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid taklif BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 17 dekabrdagi “Narkotiklar va ularga qarshi kurashishning global masalalarini hal qilishda xalqaro hamkorlik” haqidagi 73/192-son rezolyusiyasining 41-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakolatxonasining 2022 yil 17 yanvardagi 034/008-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishini oldini olish sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka ko‘maklashish, shu jumladan tezkor ma’lumotlar bilan almashinish va transchegaraviy hamkorlik takomillashtirishga xizmat qilgan;
giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy xalqaro savdosiga barham berish hamda jinoyatchilarning jazolanishi muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro-huquqiy choralar samaradorligini oshirishga oid taklif BMT Bosh Assambleyasining 2021 yil 16 dekabrdagi «Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlov sohasidagi dasturini, ayniqsa uning texnik hamkorlik borasidagi salohiyatini mustahkamlash” to‘g‘risidagi 76/463-son rezolyusiyasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakolatxonasining 2022 yil 17 yanvardagi 034/008-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishini oldini olish sohasida  xalqaro jinoiy qonunchilikni hamda davlatlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar xalqaro noqonuniy muomalada bo‘lishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida bojxona organlari har bir alohida holda chet davlatning bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari bilan kelishuvlarga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida etkazib berish usulidan foydalanish, ya’ni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va prekursorlarning o‘z nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksning 407-moddasi birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 11 martdagi 02/5-268-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilganligi  1988 yildagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-, 3-, 11-moddalarni hamda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi ijrosi bo‘yicha  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish