Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshboboev Maksud Jalilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni rivojlantirishning epistemologik xususiyatlari”, 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal256
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Bozarov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Xudoyqulov Yo‘lchi Azamqulovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni rivojlanishining falsafiy-epistemologik jihatdan ochib berish va texnika imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bugungi axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellekt insonning kreativ fikrlashiga bevosita ta’sir qilishi sababli insonlarning jamiyat rivojida innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan munosabatlarining o‘zgarishiga olib kelishi va uning inson faoliyati bilan doimiy o‘zaro dialektik aloqadorligi mantiqiy jihatdan asoslangan;
sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, axborotni qabul qilish, saqlash va vaqtdan unumli foydalanish masalalarini hal qilishda rivojlanayotgan raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq aqliy qobiliyatini ifodalaydigan ratsional va epistemologik hamda intelektual jarayonlarni kebirnetik modellashtirish jarayoniga konstruktiv ta’siri ochib berilgan; 
globallashuv jarayonida inson ongida o‘zini qurshab turgan borliqni anglashga yangicha qarashning shakllanishi ijtimoiy zaruriyat sifatida dialektik sababga ko‘ra muhimligi, bu jarayonda sun’iy intellekt tizimining tutgan konpesatorlik va kommunikativ jihatdan o‘rni va uning insonga moddiy-ma’naviy manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashi mumkinligi falsafiy jihatdan dalillangan;
axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellekt va ijod uyg‘unligini ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari murakkab, ko‘p faktorli jarayon sifatida transformatsiyalar natijasi bo‘lganligi sababli yoshlar ongida sun’iy intellekt haqidagi tassavurlarni yuksaltirishning ilmiy xususiyatlari hamda sun’iy intellektni rivojlantirishdagi potensial  imkoniyatlarga bog‘liqligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni rivojlantirishning epistemologik hususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bugungi axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellekt insonning kreativ fikrlashiga bevosita ta’sir qilishi sababli insonlarning jamiyat rivojida innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan munosabatlarining o‘zgarishiga olib kelishi va uning inson faoliyati bilan doimiy o‘zaro dialektik aloqadorligi mantiqiy jihatiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IV.“Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish yo‘nalishi” 33.bandidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 30 iyundagi 03/08-806-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni gumanistik qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga, bugungi axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga, insoniyat kelajagini texnika bilan bevosita bog‘liq tomonlarini tahlil qilishga xizmat qilgan;
sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, axborotni qabul qilish, saqlash va vaqtdan unumli foydalanish masalalarini hal qilishda rivojlanayotgan raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq aqliy qobiliyatini ifodalaydigan ratsional va epistemologik hamda intelektual jarayonlarni kebirnetik modellashtirish jarayoniga konstruktiv ta’siriga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida, “uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan chora tadbirlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 23 fevraldagi 04-04/1-129-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, bugungi axborotlashgan jamiyatda texnika imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashga, kelajakda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
globallashuv jarayonida inson ongida o‘zini qurshab turgan borliqni anglashga yangicha qarashning shakllanishi ijtimoiy zaruriyat sifatida dialektik sababga ko‘ra muhimligi, bu jarayonda sun’iy intellekt tizimining tutgan konpesatorlik va kommunikativ jihatdan o‘rni va uning insonga moddiy-ma’naviy manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashi mumkinligi falsafiy jihatiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IV.“Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish yo‘nalishi” 33.bandidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 30 iyundagi 03/08-806-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi globallashuv jarayonida yoshlar ongida sun’iy intellekt va axloqiy munosabatlarning integratsiyalashuvi, intellektual mashinalarning yaratilishi sohasidagi metodologik yo‘l-yo‘riqlar haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellekt va ijod uyg‘unligini ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari murakkab, ko‘p faktorli jarayon sifatida transformatsiyalar natijasi bo‘lganligi sababli yoshlar ongida sun’iy intellekt haqidagi tassavurlarni yuksaltirishning ilmiy xususiyatlari hamda sun’iy intellektni rivojlantirishdagi potensial  imkoniyatlarga bog‘liqligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Kecha va bugun” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01-09-178-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikga mamlakatni ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida, ayniqsa, raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini keng joriy etilishi orqali insonlar hayotini yanada engillashtirish masalalarini yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish