Sayt test rejimida ishlamoqda

Raxmonova Zarifa Ne’matovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qadriyatlar va emotsional intellekt o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/P116.
Ilmiy maslahatchi: Abduraxmonova Zuxra Erkinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shermatov Fayzullo Toshtillaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.                                                                              
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qadriyatlar va emotsional intellekt o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘quv jarayonidagi kouching, individual va guruhiy-hamkorlik mashqlarida emotsional barqarorlik, hissiy sezgirlik, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi va aniqligi omillarining singdirilishi talabalarda hamjihatlikda ishlash, atrof-olamdagi narsa va hodisalarning nozik qirralarini tuyushlariga olib kelishiga ko‘ra «o‘zaro hurmatlash», «go‘zallikni anglash va undan zavqlanish», «vaqtni behuda o‘tkazmaslik» qadriyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’siri asoslangan;
biologik omillarning emotsional intellektni axborot funksiyalariga bevosita ta’siri o‘quv faoliyatida yangilikka intilish, faoliyat samaradorligiga erishish, natijalarga haqqoniy yondashish xususiyatlarini namoyon etishi natijasida talabalar ratsional bilishining rivojlanishiga olib kelganligi aniqlangan;
talabalar qadriyatlari bilan emotsional intellekti indekslarining o‘zaro munosabatlari ijtimoiy qadriyatlar yo‘nalishida ijodiy faoliyat samaradorligi, vaziyatlar va natijalarning haqqoniy baholash (autentlik) xususiyatlarining ustuvorligini ta’minlashlari natijasida talaba qizlarda konformlikka moyillik, an’analarga sodiqlik, mustaqil fikrlash va xavfsizlik  xislatlari  bo‘yicha  yigitlarga nisbatan  jins ko‘rsatkichlarida ustunliklari isbotlangan;
«Talaba-yoshlar shaxsiy-kasbiy kamolotining qadriyatlar va emotsional intellekti uyg‘unligi orqali ta’minlash modeli» talaba-yoshlarning stressni boshqarish, boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishlari va amaliy vazifalarni hal etish qobiliyatini boyitishga yo‘naltirilganligi sababli hayot sifatini yaxshilash komponentini («hayotdan qoniqish»,»umumiy salomatlik», «o‘zini boshqarish», «empatiya hissi» ko‘rsatkichlari) biriktirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadriyatlar va emotsional intellekt o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quv jarayonidagi kouching, individual va guruhiy-hamkorlik mashqlarida emotsional barqarorlik,  hissiy sezgirlik, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi va aniqligi  omillarining singdirilishi talabalarda hamjihatlikda ishlash, atrof-olamdagi narsa va hodisalarning nozik qirralarini tuyushlariga olib kelishiga ko‘ra «o‘zaro hurmatlash», «go‘zallikni anglash va undan zavqlanish», «vaqtni behuda o‘tkazmaslik» qadriyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sirini aniqlash mexanizmi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 13a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-13a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar faoliyatidagi faollikni oshirish, kadrlar xususiyatlarini kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, kasbiy tayyorgarlikning sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan;
biologik omillarning emotsional intellektni axborot funksiyalariga bevosita ta’siri o‘quv faoliyatida yangilikka intilish, faoliyat samaradorligiga erishish, natijalarga haqqoniy yondashish xususiyatlarini namoyon etishi natijasida talabalar ratsional bilishining rivojlanishiga olib kelganligi aniqlanganligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 13a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-13a-son ma’lumotnomasi). Natijada, har tomonlama etuk, barkamol avlodni raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
talabalar qadriyatlari bilan emotsional intellekti indekslarining o‘zaro munosabatlari  ijtimoiy qadriyatlar yo‘nalishida  ijodiy faoliyat samaradorligi, vaziyatlar va natijalarning haqqoniy baholash (autentlik) xususiyatlarining ustuvorligini ta’minlashlari natijasida talaba qizlarda konformlikka moyillik, an’analarga sodiqlik, mustaqil fikrlash va xavfsizlik  xislatlari  bo‘yicha  yigitlarga nisbatan  jins ko‘rsatkichlarida ustunliklari isbotlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 13a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-13a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar faolligini rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlari kuchaytirilgan;
«Talaba-yoshlar shaxsiy-kasbiy kamolotining qadriyatlar va emotsional intellekti uyg‘unligi orqali ta’minlash modeli» talaba-yoshlarning stressni boshqarish, boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishlari va amaliy vazifalarni hal etish qobiliyatini boyitishga yo‘naltirilganligi sababli hayot sifatini yaxshilash komponentini («hayotdan qoniqish»,»umumiy salomatlik», «o‘zini boshqarish», «empatiya hissi» ko‘rsatkichlari) biriktirish asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 13a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixologiya» moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-13a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar kadrlar zaxirasini shakllantirishda o‘zigaga xos qobiliyatlar haqida bilim va malakalarni oshishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish