Alimov A’zam Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash», 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped179.
Ilmiy rahbar: Xadjabaev Anarbay Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajakkasb ta’limi o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda innovatsion faoliyatga tayyorlashning strategik o‘quv maqsadini adekvat mezonlar asosida belgilash orqali talabalarning ijodiy, dialogik va diagnostik qobiliyatlarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari shaxsini rivojlantirishga qaratilgan “Harakatga yo‘naltirilgan”, “Faoliyatga yo‘naltirilgan” va “Lateral fikrlash” kabi ta’lim texnologiyalari bilan malaka talablarini integratsiyalash asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni takomillashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari kasbiy faoliyatining gnostik, ijodiy-tashkiliy va tahliliy-baholash kabi funksiyalarini innovatsionlik tamoyili asosida chuqurlashtirish va ularning didaktik imkoniyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar vositasida kengaytirish orqali innovatsion faoliyatga tayyorlash komponentlari mazmuni takomillashtirilgan.
talabalarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini ilk bor kompleks baholash yuzasidan innovatsion pedagogik salohiyatning moslashuvchanlik, kommunikativlik, intelektuallik va ijodiy-yaratuvchanlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
innovatsion faoliyat tarkibiy qismlarining talabalar nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish, o‘tkazish hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish qobiliyatlarini rivojlantirish kabi funksional imkoniyatlaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5111000–Kasb ta’limi (Neft`-gaz va kimyo sanoati texnologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 89-03-2564-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug‘i asosida takomillashtirilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish maqsadida tajriba-sinov maydonlaridagi 5111000–Kasb ta’limi (Neft`-gaz va kimyo sanoati texnologiyasi, Kimyoviy texnologiya, Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish) yo‘nalishlari talabalarida o‘z-o‘zini rivojlantirish, namoyon qilish va boshqarish, tanqidiy tahlil, nostandart fikrlash, doimiy ravishda yangi g‘oya, texnologiyalarni izlash va amalga tatbiq etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan “Ta’limda innovatsion jarayonlar” maxsus kursi ishlab chiqilgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 89-03-2564-son ma’lumotnomasi). Mazkur maxsus kurs oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda ularning shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha “Kasb ta’limi metodikasi” darsligi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining grifi №192-111, 11.05.2011 y.) va “Pedagogik texnologiyalar” (№303-002, 21.08.2015 y.) o‘quv qo‘llanmalari, “Neft` va gaz kimyosi” va “Neft` va gazni yig‘ish, tayyorlash va uzatish” fanlari hamda “Ta’limda innovatsion jarayonlar” maxsus kursidan elektron o‘quv qo‘llanma dasturlari ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 89-03-2564-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.