Sayt test rejimida ishlamoqda

Eshimbetov Olimjon Jalg‘asovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining o‘zbek tilidan bog‘lanishli nutqini rivojlantirish metodikasi (Ta’lim  qoraqalpoq  tilida olib boriladigan maktablar misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3218.
Ilmiy rahbar:  Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamraev Alijan Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining o‘zbek tilidan bog‘lanishli nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqi verbal va noverbal muloqot davomida so‘z turkumlarining zaruriy shakllanganlik darajasi va nutqning grammatik tuzilishiga oid zaruriy motiv va ta’limiy ehtiyojlarni refleksiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflar o‘zbek tili ta’limida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish mazmuni milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan ertak va hikoyalar audio yozuvlarini mashg‘ulotlarga kiritish asosida  takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini rivojlantirish faoliyati fonematik, grafik, orfografik, punktuatsion, uslubiy, prosadik guruhlashtirish hamda tilning ifoda vositalarini og‘zaki nutqda takrorlangan gradatsiya, mubolag‘a va qiyoslash metodlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;   
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish metodikasi o‘zbek tili lug‘at boyligi, tafakkurni o‘stirishga doir leksik-grammatik materiallarni bog‘lanishli nutq tarkibiy komponentlari hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik materiallarning takroriyligi va izchilligi bilan barqaror yaxlitlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining o‘zbek tilidan bog‘lanishli nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqi verbal va noverbal muloqot davomida so‘z turkumlarining zaruriy shakllanganlik darajasi va nutqning grammatik tuzilishiga oid zaruriy motiv va ta’limiy ehtiyojlarni refleksiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022 yil 17 fevraldagi  30/01-3850-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili o‘quv dasturlari va darsliklari mazmuni  takomillashtirilishiga erishilgan;    
boshlang‘ich sinflar o‘zbek tili ta’limida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish mazmuni milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan ertak va hikoyalar audio yozuvlarini mashg‘ulotlarga kiritish asosida  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “O‘qish”, “O‘zbek tili va o‘qish savodxonligi” fanlarini o‘qitish jarayoniga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 6 maydagi 03-02/4-1346-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga doir o‘quv topshiriqlar tizimini takomillashtirishga imkon yaratilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini rivojlantirish faoliyati fonematik, grafik, orfografik, punktuatsion, uslubiy, prosadik guruhlashtirish hamda tilning ifoda vositalarini og‘zaki nutqda takrorlangan gradatsiya, mubolag‘a va qiyoslash metodlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar  Qoraqalpog‘iston televideniesining “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Millat va ma’naviyat”, “Xayrli tong” radio eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 22 apreldagi 05-22/220-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘z fikrini o‘zbek tilida ravon, ifodali hamda ta’sirchan ifodalash ko‘nikma va malakalarini oshirishga imkon yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish metodikasi o‘zbek tili lug‘at boyligi, tafakkurni o‘stirishga doir leksik-grammatik materiallarni bog‘lanishli nutq tarkibiy komponentlari hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik materiallarning takroriyligi va izchilligi bilan barqaror yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022 yil 17 fevraldagi  30/01-3850-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili o‘quv dasturlari mazmuni  takomillashtirilishiga erishilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish