Sayt test rejimida ishlamoqda

Mahamadyunusov Shavkatbekning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonga deportatsiya qilingan xalqlar va ularning taqdiri (Farg‘ona vodiysi misolida, 1937–1960 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar94.    Ilmiy rahbar: Abdullaev Muzrobjon G‘ulomovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Baxriddin Ahmedovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1937-1960 yillar davriy chegarasida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan xalqlar tarixini Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
XX asrning 30-40-yillaridagi sovet hokimiyatining deportatsiya siyosati ham ichki siyosiy, ham xalqaro kontekstda aniqlanib, O‘zbekiston hududlariga amalga oshirilgan majburiy ko‘chirishlarning yangi erlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish, yangi tashkil etiladigan paxtachilik sovxozlarini ishchi kuchi bilan ta’minlash kabi omillar bilan bog‘liqligi dalillangan;
O‘zbekiston hududlariga amalga oshirilgan xalqlar deportatsiyasining to‘rtta asosiy bosqichlari (1-bosqich – 1937 yil sentyabr`, 2-bosqich – 1940 yil aprel`, uchinchi bosqich – 1944 yil may-iyun`, to‘rtinchi bosqich – 1944 yil noyabr`-dekabr`) aniqlanib, har bir bosqichda respublikaga muayyan xalq vakillari ko‘chirib keltirilgani, majburan ko‘chirilganlarning koreys, polyak, qrim tatari, bolgar, grek, mesxeti turki, chechen, ingush, qolmiq qorachoylardan iborat milliy tarkibga egaligi, ularning turmush tarzi komendatura nazorati ostida bo‘lganligi ochib berilgan;
majburan ko‘chirilgan xalqlarni Farg‘ona vodiysi viloyatlariga joylashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan zarur tayyorgarliklar ko‘rilmaganligi, ularni yangi manzilgohlarga joylashuvida yuz bergan turar joy etishmasligi, mahalliy iqlim va shart-sharoitlarga moslashishdagi qiyinchiliklar, ko‘chirib keltirilgan xalqlar o‘zlari uchun yangilik bo‘lgan paxtachilik, sholikorlik, sabzavotchilik tarmoqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirganliklari ochib berilgan;
deportatsiya qilingan xalq vakillarining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari shahar va qishloqlari demografik holatiga ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘chirilgan xalqlarning maishiy turmush, mehnat faoliyati, muloqot, urf-odat, an’analar va qadriyatlar bo‘yicha mahalliy aholi bilan integratsiyalashuv jarayonlari ochib berilib, bu yaqinlashuvning o‘zaro hurmat, bir-biriga ko‘maklashuv va tolerantlik jihatlarga asoslanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi viloyatlariga deportatsiya qilingan xalqlarning 1937–1960 yillardagi tarixiy taqdirini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XX asrning 30-40-yillaridagi sovet hokimiyatining deportatsiya siyosati ham ichki siyosiy, ham xalqaro kontekstda aniqlanib, O‘zbekiston hududlariga amalga oshirilgan majburiy ko‘chirishlarning yangi erlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish, yangi tashkil etiladigan paxtachilik sovxozlarini ishchi kuchi bilan ta’minlash kabi omillar bilan bog‘liqligi, O‘zbekiston hududlariga amalga oshirilgan xalqlar deportatsiyasining to‘rtta asosiy bosqichlari (1-bosqich – 1937 yil sentyabr`, 2-bosqich – 1940 yil aprel`, uchinchi bosqich – 1944 yil may-iyun`, to‘rtinchi bosqich – 1944 yil noyabr`-dekabr`) aniqlanib, har bir bosqichda respublikaga muayyan xalq vakillari ko‘chirib keltirilgani, majburan ko‘chirilganlarning koreys, polyak, qrim tatari, bolgar, grek, mesxeti turki, chechen, ingush, qolmiq qorachoylardan iborat milliy tarkibga egaligi, ularning turmush tarzi komendatura nazorati ostida bo‘lganligi ochib berilganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining «Sovet davlatining deportatsiya siyosati» bo‘limi ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 30 martdagi  01-01/ 774-son ma’lumotnomasi). Bu materiallar O‘zbekistondagi, xususan, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi deportatsiya qilingan xalqlarning surgundagi hayoti va xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi mehnat faoliyatini to‘laqonli yoritishga xizmat qilgan;
majburan ko‘chirilgan xalqlarni Farg‘ona vodiysi viloyatlariga joylashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan zarur tayyorgarliklar ko‘rilmaganligi, ularni yangi manzilgohlarga joylashuvida yuz bergan turar joy etishmasligi, mahalliy iqlim va shart-sharoitlarga moslashishdagi qiyinchiliklar, ko‘chirib keltirilgan xalqlar o‘zlari uchun yangilik bo‘lgan paxtachilik, sholikorlik, sabzavotchilik tarmoqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirganliklari ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2022 yil 18 apreldagi 73-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey bo‘limini yangi ma’lumotlar bilan boyitib, sovet tuzumining deportatsiya siyosati mohiyati, majburiy ko‘chirishlarning O‘zbekistonga xos bo‘lgan xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan; 
deportatsiya qilingan xalq vakillarining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari shahar va qishloqlari demografik holatiga ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘chirilgan xalqlarning maishiy turmush, mehnat faoliyati, muloqot, urf-odat, an’analar va qadriyatlar bo‘yicha mahalliy aholi bilan integratsiyalashuv jarayonlari ochib berilib, bu yaqinlashuvning o‘zaro hurmat, bir-biriga ko‘maklashuv va tolerantlik jihatlarga asoslanganligi dalillanganligi bo‘yicha materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Andijon viloyat teleradiokanalida 2021 yil 8 sentyabr` kuni efirga uzatilgan “Nigoh” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 yanvardagi 18-21/14-son ma’lumotnomasi). Bu materiallar ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga, urush yillarida o‘zbek xalqining respublikaga majburan ko‘chirib keltirilgan xalqlarga nisbatan ko‘rsatgan yuksak insonparvarlik, mehmondo‘stlik namunalarini teletomoshabinlarga aniq dalillar bilan etkazishga va bu bo‘yicha yurtdoshlarimizda muayyan tushuncha hosil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish