Sayt test rejimida ishlamoqda

Yoqubov Akmal Faziljanovichnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2976.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qodirov Quvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlari g‘oyaviy-mafkuraviy, axloqiy-psixologik, harbiy-texnik, jismoniy, harbiy xavf-xatarning oldini olishga safarbarlik qobiliyati bilan bog‘liq sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit ijtimoiy-pedagogik mexanizm ekanligi aniqlashtirilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mazmunini umumta’lim fanlari bilan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda boyitib borishga yo‘naltirilgan konsentrlangan ta’lim imkoniyatlarining produktivlik darajasini davriy monitoringli  kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modelining amaliy komponenti jasorat darslarini interaktiv dasturiy vositalar bilan uyg‘unligini avtoritet shaxslarga intilish muhitida ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning psixologik-pedagogik shart-sharoitlari milliy armiyaning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni an’ana, qadriyat, tarixiy-madaniy meros kabi etnopedagogik vositalar orqali kuchaytirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning harbiy xizmatga ijobiy munosabatni shakllantirish, o‘quv va harbiy topshiriqlarni vijdonan bajarish, emotsional-irodaviy barqarorlikni tarkib toptirish kabi psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Chaqiriqqacha harbiy ta’limda rahbarlik” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-197-raqamli guvohnoma). Natijada,  bo‘lajak pedagoglarni o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarining g‘oyaviy-mafkuraviy, axloqiy-psixologik, harbiy-texnik, jismoniy, harbiy xavf-xatarning oldini olishga safarbarlik qobiliyati bilan bog‘liq sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit tuzilishga ega ijtimoiy-pedagogik mexanizm ekanligini aniqlashtiriga oid taklif va tavsiyalardan Respublika ta’lim markazida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani Konsepsiyasi va malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 9 sentyabrdagi 01/11-01/11-1320-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy vatanparvarlikka doir amaliy ko‘nikma va malakalar tizimini kengaytirishga erishilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlarini chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mazmunini umumta’lim fanlari bilan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda boyitib borishga yo‘naltirilgan konsentrlangan ta’lim imkoniyatlarining produktivlik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirish doir taklif va tavsiyalardan Respublika ta’lim markazining  “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani milliy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil  13 avgustdagi 01/11-01/10-1185-son ma’lumotnomasi). Natijada,  o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish