Axmedova Irodaxon Shoxitbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining notiqlik mahoratini oshirish”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal439.
Ilmiy rahbar: Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining notiqlik mahoratini oshirishning ijtimoiy-falsafiy omillari va ilmiy-nazariy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy taraqqiyotdagi tarixiylik va zamonaviylik dialektikasidan targ‘ibot va tashviqot faoliyatida foydalanish orqali ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish jarayonidagi natijadorlikni oshirishga erishish imkoniyatlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
 Sharq ma’naviyati va ma’rifatidagi ilmi fasohat, milliy-diniy ma’rifatdagi notiqlik an’analari ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining mahoratiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, metod va vositalari esa nutq ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi aniqlangan;
 global media maydonda qo‘llanilayotgan g‘oyaviy xuruj metodlarining mafkuraviy maqsadlari tasnifi ishlab chiqilib, uning “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari mafkuraviy bilimlarini boyitishi hamda qarshi targ‘ibot malakalarini rivojlantirishda foydalanish samaradorligini oshirishi falsafiy jihatdan aniqlangan;  
ritorikaning tezkorlik, preventivlik, parallel targ‘ibot kabi samarali metodlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining tinlovchilar bilan ishlashdagi erishadigan natijalarining sifatiga ta’sir ko‘rsatishi va ongdagi mental jarayonlarga sabab bo‘lishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining notiqlik mahoratini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy taraqqiyotdagi tarixiylik va zamonaviylik dialektikasidan O‘zbekistondagi targ‘ibot va tashviqot faoliyatida foydalanish orqali ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish jarayonidagi natijadorlikni oshirishga erishish imkoniyatlari ochib berilganiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida to‘rtta uslubiy tavsiyani ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 1 apreldagi 02/02-499-son dalolatnomasi). Mazkur tavsiyalar talaba-yoshlarning “Do‘stim, sizga gapim bor...” targ‘ibotchilar klublarini tashkil qilish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, yoshlar ongiga qaratilgan yot g‘oyalarning oldini olish, ularda axborot madaniyatini rivojlantirish, milliy o‘zlikni, milliy g‘oya mazmun-mohiyatini anglashni  rivojlantirishga xizmat qilgan;
Sharq ma’naviyati va ma’rifatidagi ilmi fasohat, milliy-diniy ma’rifatdagi notiqlik an’analari ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining mahoratiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, metod va vositalari esa nutq ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi aniqlanganiga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ish rejalari va uning faoliyatiga doir dasturlarni ishlab chiqishda, Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatida, “Targ‘ibotchi” o‘quv markazida ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining notiqlik mahoratini oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining 2022 yil 16 martdagi 01/01-104-son dalolatnomasi). Natijada, reja, dastur va texnologiyalar mamlakatimizda ma’naviy ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
global media maydonda qo‘llanilayotgan g‘oyaviy xuruj metodlarining mafkuraviy maqsadlari tasnifi ishlab chiqilganligi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari mafkuraviy bilimlarini boyitishi hamda qarshi targ‘ibot malakalarini rivojlantirishda foydalanish samaradorligini oshirishi aniqlanganiga doir xulosa va tavsiyalaridan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2022 yil 11 apreldagi 04-12/2490-son dalolatnomasi). Bu mamlakatimizda yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining notiqlik mahoratini oshirishning ritorikaning samarali metodlari – tezkorlik, preventivlik, parallel targ‘ibot kabilar  ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullarining tinlovchilar bilan ishlashdagi erishadigan natijalarining sifatiga ta’sir ko‘rsatishi va ongdagi mental jarayonlarga sabab bo‘lishi ochib berilgan ilmiy xulosalardan “Yoshlar ishlari agentligi” faoliyatida aholi o‘rtasida COVID 19, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, erta nikohlarning oldini olish, oilalarda farzand tarbiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 20 apreldagi 4-13-23-1067-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalla, oila va ta’lim muassasalarining barkamol avlodni tarbiyalashdagi ijtimoiy hamkorligi samaradorligini oshirishda ijtimoiy falsafiy, huquqiy va metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish