Qodirova Shaxnoza Xudoyberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida milliy g‘urur hissini shakllantirish”), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1878.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019. Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Normurod, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.        
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida milliy g‘urur hissini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalari (o‘yinlar, ertaklar, hikoyalar, rivoyatlar, topishmoqlar, tez aytishlar maqollar, matallar, laparlar, qo‘shiqlar, afsonalar, latifalar, naqllar, turli bayramlar va milliy marosimlar) vositasida bolalarda milliy g‘urur hissini tarkib toptirishning oddiylik, tushunarlilik, faollilik va tasavvurni kengaytirish kabi imkoniyatlari aniqlashtirilgan; 
xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida katta guruh bolalarida milliy g‘ururni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon namuna ko‘rsatish, bahs-munozara, savol-javob, o‘zaro muloqot va dialog kabi interfaol ta’lim metodlarini o‘zaro integratsiyalash asosida  takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda refleksiv faoliyat, baholash, interiorizatsiya, fazilatlarni faoliyatda namoyon etish ko‘nikmalarini shakllantirishning shaxsga yo‘naltirilgan metodikasi o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarining mamlakat milliy va hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda milliy g‘urur hissini shakllantirishda integratsion ta’sir ko‘rsatish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta yoshdagi tarbiyalanuvchilarida mashg‘ulotlar va mashg‘ulotlardan tashqari jarayonlarda ma’naviy-ahloqiy, intellektual va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-didaktik ta’minot pedagog-tarbiyachi va ota-onalar hamkorligini amalga oshirishning ijobiy ta’sirini asoslash natijasida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida milliy g‘urur hissini shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ertaklar, hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar, topishmoqlar, tez aytishlar, maqollar, matallar, o‘yinlar, laparlar, qo‘shiqlar, latifalar, naqllar, turli bayramlar, marosimlar vositasida milliy g‘urur hissini samarali shakllantirishni ta’minlaydigan pedagogik shart-sharoitlar, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini hisobga olishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 11 martdagi  02-02/2-717-son ma’lumotnomasi).  Natijada xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha ta’lim jarayoni mazmunini boyitish asosida bolalarda milliy g‘urur hissini tarkib toptirishning pedagogik- psixologik imkoniyatlari (ixchamlik, tushunarlilik, interfaollik va dunyoqarashni kengaytirish) aniqlangan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirishda milliy pedagogika elementlarini qo‘llash, xalq og‘zaki ijodi vositasida milliy g‘urur hissini samarali shakllantirishni ta’minlaydigan pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash va baholash mezonlarini aniqlashtirishga oid takliflardan ITD-1.A-1-173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2015-2017 yillar) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 11 martdagi 02-02/2-717-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida individuallashtirilgan va integrativ ta’limni qo‘llash orqali maktabgacha katta   yoshdagi bolalarda - men konsepsiyasi hamda refleksiv faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish asosida milliy g‘urur hissi tarkib topganligini baholash mezon ko‘rsatkichlari (9ta) va darajalari (yuqori, o‘rta, past) aniqlangan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida milliy g‘urur hissini tarkib toptirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida tarbiyachi-pedagoglar, ota-onalarga mo‘ljallangan “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi vositasida milliy g‘urur hissini shakllantirish metodikasi” nomli qo‘llanma ishlab chiqilgan va Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 11 martdagi 02-02/2-717-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda aqliy, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik, estetik, badiiy, diniy tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan milliy g‘urur elementlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligining o‘ziga xos imkoniyatlari belgilangan hamda ularning ongiga o‘zaro birlik va aloqadorlikda ta’sir etish omillari aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish