Tursunova Shahnoza Bekchanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion tafakkurni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining funksional xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal423.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Shahzoda Shuhratovna, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘smurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion tafakkur shakllanishida ommaviy axborot vositalarining funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion tafakkurning maxsus bilim va dunyoqarashga ega bo‘lish, ijtimoiy borliqni oddiy voqelikdan ajrata bilish, butun va qismlar o‘rtasidagi garmonik aloqadorlik, shaxsning tafakkuriy izlanishlarga moyilligi, plyuralistik va tanqidiy munosabatda bo‘lish qonuniyatlari asosida ijtimoiy borliqni, jamiyat hayotini va kishilar dunyoqarashini yangilashga qaratilgan o‘ziga xos ijtimoiy-falsafiy, sub’ektiv fenomen ekanligi asoslangan;
innovatsion tafakkur ijodiy, intellektual izlanishlarga oid sub’ektiv fenomen, ilmiy-texnik va texnologik yangiliklarni ijtimoiy hayotga joriy etish bilan bog‘liq tajriba mahsuli ekanligi hamda jamiyatni modernizatsiyalashga ta’sir etishi falsafiy jihatdan aniqlangan;
“Yangi O‘zbekiston” brendi va xalqaro imijini shakllantirishda ommaviy axborot vositalari va mediamarkazlarning ijtimoiy hayotga yangilik olib kirish, taraqqiyot va islohotlarga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish, ratsional izlanishlar va aniq ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltiruvchi ijodiy, psixologik, yangi konseptual g‘oyani aks ettirish tamoyillari asosida mamlakatni innovatsion rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ilm-fanni rivojlantirish, texnik va texnologik yangilanish, xalqaro etnoturizm, innovatsiya zaxiralarini yaratish kabi ijtimoiy funksiyalari asoslab berilgan;
milliy ommaviy axborot vositalari va markazlarning mediamakondagi faoliyati, pablik releyshnz (PR) borasidagi innovatsion texnoparklar, fan jamiyatlari va akademiyalari, “akademik harakatchanlik” dasturlari kabi tajribalari yoritilib, innovatsion tafakkur mahsulotlarini jahonga olib chiqishda xalqaro indeksatsiyalanadigan milliy jurnallar va axborotlar bazasini takomillashtirish, ijodiy raqobatni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini yaratish, milliy til va qadriyatlarni asrash, insonparvarlik tamoyillarini ulug‘lash kabilar muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion tafakkur shakllanishida ommaviy axborot vositalari va mediamarkazlarning funksional xususiyatlarini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion tafakkurning maxsus bilim va dunyoqarashga ega bo‘lish, ijtimoiy borliqni oddiy voqelikdan ajrata bilish, butun va qismlar o‘rtasidagi garmonik aloqadorlik, shaxsning tafakkuriy izlanishlarga moyilligi, plyuralistik va tanqidiy munosabatda bo‘lish qonuniyatlari asosida ijtimoiy borliqni, jamiyat hayotini va kishilar dunyoqarashini yangilashga qaratilgan o‘ziga xos ijtimoiy-falsafiy, sub’ektiv fenomen ekanligiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan Urganch davlat universitetida bajarilgan PZ-201709202 “Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish” (2018-2020 yy) amaliy loyihada foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2021 yil 6 dekabrdagi 02/02-1573-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihani amalga oshirishda samaradorlikka erishishga, inson kapitalini rivojlantirish, raqamli platformalar orqali ijtimoiy hayotni modernizatsiyalash, innovatsion tafakkurning real ijtimoiy hayotga ta’sirini tezkorlik, innovatsiyaga intilish, yangi fikrlar va g‘oyalarni keng targ‘ib etishga xizmat qilgan;
innovatsion tafakkur ijodiy, intellektual izlanishlarga oid sub’ektiv fenomen, ilmiy-texnik va texnologik yangiliklarni ijtimoiy hayotga joriy etish bilan bog‘liq tajriba mahsuli ekanligi hamda jamiyatni modernizatsiyalashga ta’sir etishiga doir xulosalar va takliflardan “Yuksalish” umummilliy harakatining 2021 yil “O‘zbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini rivojlantirish” va “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturlarini amalga oshirishda hamda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining “Innovatsiya va taraqqiyot”, “Axborotlashuv va yoshlar tarbiyasi” targ‘ibot tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2021 yil 30 noyabrdagi 12-74/21-son va O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 yanvardagi 01-09/741-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat notijorat tashkilotlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga, zamonaviy hamda yuksak salohiyatga ega mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning intellektual zahirasini shakllantirish, xalq bilan davlat o‘rtasida konstruktiv dialog o‘rnatishda nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
“Yangi O‘zbekiston” brendi va xalqaro imijini shakllantirishda ommaviy axborot vositalari va mediamarkazlarning ijtimoiy hayotga yangilik olib kirish, taraqqiyot va islohotlarga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish, ratsional izlanishlar va aniq ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltiruvchi ijodiy, psixologik, yangi konseptual g‘oyani aks ettirish tamoyillari asosida mamlakatni innovatsion rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ilm-fanni rivojlantirish, texnik va texnologik yangilanish, xalqaro etnoturizm, innovatsiya zaxiralarini yaratish kabi ijtimoiy funksiyalariga doir nazariy xulosalar va amaliy taklif-mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining “O‘zbekiston Respublikasi axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish” dasturining 5- bandi “Jurnalist maqomini oshirish, media jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarishning mexanizmlarini shakllantirish hamda jurnalistning umum e’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish”, 8-bandi “Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish” ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 12 yanvardagi 05/2-155-son ma’lumotnoasi). Natijada, jamiyat hayotining barometri bo‘lgan ijtimoiy kommunikatsiya jarayonlari, avvalo, ommaviy axborot vositalari orqali kishilar ongiga, tasvvurlari va dunyoqarashiga ta’sir etayotgani hamda demokratik qadriyatlarni qaror toptirishni maqsad qilib qo‘ygan har bir jamiyat OAV va mediamarkazlar imkoniyatlaridan foydalanayotgani asoslab berilgan hamda ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etishda, uslubiy tavsiyalar, dasturlar, ishlanmalarni yaratishda metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
milliy ommaviy axborot vositalari va markazlarning mediamakondagi faoliyati, pablik releyshnz (PR) borasidagi innovatsion texnoparklar, fan jamiyatlari va akademiyalari, “akademik harakatchanlik” dasturlari kabi tajribalari umumlashtirilib, innovatsion tafakkur mahsulotlarini jahonga olib chiqishda xalqaro indeksatsiyalanadigan milliy jurnallar va axborotlar bazasini shakllantirish, ijodiy raqobatni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini yaratish, milliy til va qadriyatlarni asrash, insonparvarlik tamoyillari ulug‘lashga oid tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi VI. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishda ommaviy axborot vositalari, internet, ijtimoiy tarmoklar imkoniyatlaridan keng foydalanish, Internet tizimida milliy axborot bazasini rivojlantirish yo‘nalishi 46 bandi “Zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish mamlakat taraqqiyotining garovidir” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda turkum maqolalarni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2021 yil 24 dekabrdagi 02/02/1748-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatni demokratlashtirish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, xalq bilan davlat o‘rtasida konstruktiv dialog o‘rnatish, innovatsion o‘zgarishlarga erishish ommaviy axborot vositalarining funksional xususiyatlariga, fukarolik pozisiyasi va professional mahoratlariga oid targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.