Soxibova Lola Joniboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi ijtimoiy jarayonlarning shaxs madaniy saviyasiga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal520
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xadjieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtarov Azamat Muxtarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi ijtimoiy jarayonlarning shaxs madaniy saviyasiga ta’siri xarakterini aniqlash va uni yuksaltirishning ijtimoiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
real voqelikning ilmiy in’ikosi asosida tarixiy taraqqiyot davomida shaxs madaniy saviyasi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning o‘zgarishi, qadriyat va paradigmalar yangilanishi, madaniy rivojlanish, progressiv taraqqiyot tamoyillariga ko‘ra turli xarakterga (mifologik, teotsentrik, antropologik, ratsional, plyuralistik) ega bo‘lgani isbotlangan;
shaxs madaniy saviyasining tarkibiy qismlari (bilim, g‘oya va qadriyatlardan voqifligi) iqtisodiy ehtiyojlarning oshib borishi, pragmatik siyosat va inson qadrining tobora yuksalishi sababiga ko‘ra ob’ektiv shart-sharoitlar (turmush tarzi, siyosiy soha, ma’naviy-mafkuraviy vaziyat) va sub’ektiv omillar (ta’lim, tarbiya va mustaqil ta’lim) ta’sirida shakllanishi ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda shaxs madaniy saviyasini yuksaltirishning zamonaviy bilim bilan qurollantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni chuqur singdirish, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy an’analarga chuqur hurmat, adabiyot va san’atga qiziqtirish, madaniy merosni asrab-avaylash yo‘nalishlarining ijtimoiy-falafiy xususiyatlari ochib berilgan; 
ma’rifiy jamiyat barpo etishda shaxs madaniy saviyasini yuksaltirishga halal berayotgan ijtimoiy illatlar (bilimning qardsizlashuvi, axloqiy degradatsiya, g‘oyaviy nigilizm, psevdoqadriyatlarning paydo bo‘lishi, aksiologik deformatsiya, psevdoadabiyot va psevdosan’at rivoji)ni bartaraf etishda madaniy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish zarurati asoslab berilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi ijtimoiy jarayonlarning shaxs madaniy saviyasiga ta’sirini tadqiq qilish orqali olingan ilmiy natijalar asosida: 
real voqelikning ilmiy in’ikosi asosida tarixiy taraqqiyot davomida shaxs madaniy saviyasi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning o‘zgarishi, qadriyat va paradigmalar yangilanishi, madaniy rivojlanish, progressiv taraqqiyot tamoyillariga ko‘ra turli xarakterga (mifologik, teotsentrik, antropologik, ratsional, plyuralistik) ega bo‘lganiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) mavzuidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 21 dekabrdagi 04/11-8512-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs madaniy saviyasining shakllanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni umumlashtirishga, amaliy loyixaning samarali bajarilish hamda natijadorligining oshishiga xizmat qilgan; .
shaxs madaniy saviyasining tarkibiy qismlari (bilim, g‘oya va qadriyatlardan voqifligi) iqtisodiy ehtiyojlarning oshib borishi, pragmatik siyosat va inson qadrining tobora yuksalishi sababiga ko‘ra ob’ektiv shart-sharoitlar (turmush tarzi, siyosiy soha, ma’naviy-mafkuraviy vaziyat) va sub’ektiv omillar (ta’lim, tarbiya va mustaqil ta’lim) ta’sirida shakllanishiga doir xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 2020-2024 yillariga mo‘ljallangan “Harakat dasturi”ning II bobi 3-10 “Kuchli ijtimoiy siyosat – xalq farovonligining kafolati” bandlari hamda V bobi 14-15 “Yurt kelajagi vatanparvar yoshlar qo‘lida” bandlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda “Inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat”, “Bugungi yoshlar O‘zbekiston ertasi, kelajak bunyodkori” mavzusidagi seminar, “Milliy qadriyatlar qadr topgan yurt”, “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari”, “O‘zbekiston yoshlari siyosiy jarayonning faol ishtirokchisi” mavzulardagi davra suhbatlari dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2021 yil 15 dekabrdagi 01/02-457-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan tadbirlarda shaxs madaniy saviyasi bilan bog‘liq xususiyatlarni aniqlash, yosh avlodning madniy saviyasini oshirishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarni hisobga olish, shu asosda ijtimoiy siyosat yuritish mexanizmlarini ishlab chiqishda metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda shaxs madaniy saviyasini yuksaltirishning zamonaviy bilim bilan qurollantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni chuqur singdirish, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy an’analarga chuqur hurmat, adabiyot va san’atga qiziqtirish, madaniy merosni asrab-avaylash yo‘nalishlariga oid nazariy mulohazalar va amaliy tavsiyalardan tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil uchun mo‘ljallangan “Yoshlarda sog‘lom ma’naviy dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, ularda san’at va madaniyatga mehr-muhabbat tuygularini oshirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish, axborot hurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qarshi chora-tadbirlar” ijrosini ta’minlashda, “Globallashuv sharotida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilishga doir yangi avlod ilmiy-falsafiy adabiyotlarni yaratish” (2017-2020 yy) mavzuidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 1 iyundagi 02-08/630-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va ma’rifat asosida shakllantirishga xizmat qilgan;
ma’rifiy jamiyat barpo etishda shaxs madaniy saviyasini yuksaltirishga halal berayotgan ijtimoiy illatlar (bilimning qardsizlashuvi, axloqiy degradatsiya, g‘oyaviy nigilizm, psevdoqadriyatlarning paydo bo‘lishi, aksiologik deformatsiya, psevdoadabiyot va psevdosan’at rivoji)ning bartaraf etishda madaniy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish zaruratiga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan ma’naviy-ma’rifly mavzulardagi ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlashda, “Oltin voha” radiokanali orqali 2021 yil 25 aprel` kuni efirga uzatilgan “Nafosat” radioeshittirishning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 maydagi 12-15/151-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar va tinglovchilarning shaxs madaniy saviyasining shakllanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar bilan tanishtirishga hamda ularni bartaraf etish yo‘llariga oid bilimlarini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish