Musaev Umidjon Saidkamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida yoshlarning innovatsion tafakkurini shakllantirish mexanizmlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal328.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Turaev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Voxidova Munira Tulkinovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida yoshlarning innovatsion tafakkurini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy konseptual asoslarini ochib berishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insoniyatning tarixiy-taraqqiyot jarayonida tafakkurda innovatsion xarakterning shakllanishi, fikr yuritish, qaror qabul qilish, to‘g‘ri hayotiy yo‘l tutish kabi sharqona, naturfalsafiy va ratsionalistik g‘arbona tamoyillarga asoslangan genezisi, mistik, diniy-ma’rifiy, dialektik va analitik rivojlanish bosqichlari, faylasuf olimlarning panteistik, teotsentrik, intuitiv va sivilizatsion fikr va qarashlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
jamiyat va davlat rivojida tenglik, adolatli jamiyat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati, inson qadri tamoyillarni ta’minlash intellektual salohiyat bilan bog‘liq ekanligi asoslanib, innovatsion va kreativ tafakkur oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon berishi, inson intellektining integral strukturasi professional faoliyati orqali yuzaga chiqishi sababli intellektual salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalashning mezoni ekanligi asoslab berilgan;
davlat va jamiyat farovonligini ta’minlashda intellektual salohiyati yuqori, innovatsion fikrlay oladigan tafakkuri teran yoshlarni tarbiyalashning maqsad va muddaolarini to‘g‘ri shakllantirish, tarixiy jarayonlarning insoniyat tafakkuriga ta’siri, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bog‘liqligi, uzluksiz ta’lim tizimi kabi omillarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari aniqlashtirilgan;
yoshlar innovatsion tafakkurini shakllantirishda kelajakka rahna soluvchi, o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi tahdid va xatarlarga qarshi o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik, maqsadni ifodalay olish, liderlik qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, daxldorlik hissini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga erishish, insonparvarlik va xalqparvarlik kabi tamoyillar ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirilgan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida yoshlarning innovatsion tafakkurini shakllantirish mexanizmlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
insoniyatning tarixiy-taraqqiyot jarayonida tafakkurda innovatsion xarakterning shakllanishi, fikr yuritish, qaror qabul qilish, to‘g‘ri hayotiy yo‘l tutish kabi sharqona, naturfalsafiy va ratsionalistik g‘arbona tamoyillarga asoslangan genezisi, mistik, diniy-ma’rifiy, dialektik va analitik rivojlanish bosqichlari, faylasuf olimlarning panteistik, teotsentrik, intuitiv va sivilizatsion fikr va qarashlariga oid ilmiy xulosa va umulashmalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot hurujlariga qarshi kurashning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” (2017-2021 yy) mavzuidagi amaliy loyihani bajarishda hamda 2021 yil “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 12 noyabrdagi 03/08/1435-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari va yoshlarda zararli yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishdagi targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirishga, yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini yuksalishiga xizmat qilgan;
jamiyat va davlat rivojida tenglik, adolatli jamiyat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati, inson qadri tamoyillarni ta’minlash intellektual salohiyat bog‘liq ekanligi asoslanib, innovatsion va kreativ tafakkur oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon berishi, inson intellektining integral strukturasi professional faoliyati orqali yuzaga chiqishi sababli intellektual salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalashning mezoniga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi nizomining III bobi G bandi “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 9 noyabrdagi 2-13-23-2783-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning bilim olishlarini rag‘batlantirish, ularda innovatsion tafakkur va kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, davlat va jamiyat farovonligini ta’minlashda har tomonlama etuk intelektual salohiyati yuqori, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga doir targ‘ibot-tashviqot tadbirlari dasturlarining nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
davlat va jamiyat farovonligini ta’minlashda intellektual salohiyati yuqori, innovatsion fikrlay oladigan tafakkuri teran yoshlarni tarbiyalashning maqsad va muddaolarini to‘g‘ri shakllantirish, tarixiy jarayonlarning insoniyat tafakkuriga ta’siri, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bog‘liqligi, uzluksiz ta’lim tizimi kabi omillarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlariga doir ilmiy yangilik va xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Yoshlar qanoti” dasturini amalga oshirishda, IV. Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari ijrosini ta’minlashda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”, “Insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirish”, “Uzluksiz tarbiya va ta’lim – mustahkam jamiyat va qudratli davlat poydevori” targ‘ibot tadbirlarini ssenayrilarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2021 yil 4 noyabrdagi 04/01-381-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat va davlat rivojining asosiy tayanchi hisoblangan yoshlarning bilim darajasini yuksaltirish, vatanparvarlik, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va islohotlarga shaxsiy daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yoshlar innovatsion tafakkurini shakllantirishda kelajakka rahna soluvchi, o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi tahdid va xatarlarga qarshi o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik, maqsadni ifodalay olish, liderlik qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, daxldorlik hissini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga erishish, insonparvarlik va xalqparvarlik kabi tamoyillarga oid nazariy xulosa va umulashmalar hamda amaliy taklif-tavsiyalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil aprel-may oylarida efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” teleko‘rsatuvlari dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 noyabrdagi 09-05/21-203-son ma’lumotnomasi). Natijada, ommaviy axborot vositalari orqali yoshlar innovatsion va kreativ tafakkurini rivojlantirishga doir teleko‘rsatuvlar va targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish