Eshkurbonov Sirojiddin Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon vohasi aholisining xo‘jalik-madaniy hayotida an’analar va zamonaviylik (dehqonchilik misolida)”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD /Tar791.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Tursunov Nurullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Qayumov Asror Rayimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasi aholisining dehqonchilik xo‘jaligi madaniyatidagi an’anaviy va zamonaviy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasi aholisining xo‘jalik-madaniy hayotida tog‘lar, qirlar, soylarga xos tabiiy-geografik muhit, buloqlar, jilg‘alar, irmoqlar, daryolar, ko‘llarga oid gidroekologik muammolar, dehqonchilikdagi ekin turlari, navi va tarkibi hamda madaniy ekinlar tusligiga ta’sir o‘tkazib borganligi, bu o‘z navbatida asriy xo‘jalik an’analarining o‘zgarishiga olib kelganligi aniqlangan;
mintaqada an’anaviy dehqonchilikning “sug‘orma”, “lalmi”, “qayir”, “bahorgi”, “kuzgi”, “oq ekin”, “ko‘k ekin”, “ertachi”, “kechki”, “shudgor”, “mola”, “omoch” kabi lokal tiplarga bo‘linganligi, aholining etnohududiy joylashuvi, ko‘chmanchi, o‘troq, yarim o‘troq turmush tarzi dehqonchilikning etnik guruhlararo ixtisoslashuvida muhim omil bo‘lganligi dalillangan; 
vohaning turli tabiiy-geografik hududlarida dehqonchilik turlarining  shakllanganligi (daryo va suv manbalariga yaqin joylarda polizchilik, sabzavotchilik, sholikorlik, tog‘ hamda tog‘oldi hududlarida donchilik va bog‘dorchilik), mahalliy ekinlar bilan bir qatorda pomidor, kartoshka, bodring, rediska, karam kabi yangi ekin turlarining tarqalishi, zamonaviy mehnat qurollari va agrotexnologiyalarning asriy xo‘jalik-madaniy an’analar bilan uyg‘unlashib, bir-birini to‘ldirib borganligi aniqlangan;
vohada bugungi kungacha saqlanib qolgan ekin ekish, hosil yig‘ib olish va ekin-tikinchilik bilan bog‘liq “ona bug‘doy”, “tulki qochdi”, “g‘alvir”, “xirmon”, “somon yig‘uv” singari urf-odat va marosimlarning mavjudligi, zamonaviy jamiyatda inson va tabiat munosabatlari, qishloqda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi hamda xususiy mulkchilik shakllarining qaror topishida muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon vohasi aholisining xo‘jalik-madaniy hayotida an’analar va zamonaviylik (dehqonchilik misolida) mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Surxon vohasi aholisi xo‘jalik madaniy hayotida tog‘lar, qirlar, soylarga xos tabiiy-geografik muhit, buloqlar, jilg‘alar, irmoqlar, daryolar, ko‘llarga oid gidroekologik muammolar, dehqonchilikdagi ekin turlari, navi va tarkibi hamda madaniy ekinlar tusligiga ta’sir o‘tkazib borganligi, bu o‘z navbatida asriy xo‘jalik an’analarining o‘zgarishiga olib kelganligi, mintaqada an’anaviy dehqonchilikning “sug‘orma”, “lalmi”, “qayir”, “bahorgi”, “kuzgi”, “oq ekin”, “ko‘k ekin”, “ertachi”, “kechki”, “shudgor”, “mola”, “omoch” kabi lokal tiplarga bo‘linganligi, aholining etnohududiy joylashuvi, ko‘chmanchi, o‘troq, yarim o‘troq turmush tarzi dehqonchilikning etnik guruhlararo ixtisoslashuvida muhim omil bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2021 yil 23 dekabrdagi 01-44/23.12.21-son ma’lumotnomasi). Natijalar madaniy merosni saqlash, aholi o‘rtasida nomoddiy madaniyatga bo‘lgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga etkazish va milliy merosni keng miqyosda targ‘ib qilishda muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan;
vohaning turli tabiiy-geografik hududlarida dehqonchilik turlarining  shakllanganligi (daryo va suv manbalariga yaqin joylarda polizchilik, sabzavotchilik, sholikorlik, tog‘ hamda tog‘ oldi hududlarida donchilik va bog‘dorchilik), mahalliy ekinlar bilan bir qatorda pomidor, kartoshka, bodring, rediska, karam kabi yangi ekin turlarining tarqalishi, zamonaviy mehnat qurollari va agrotexnologiyalarning asriy xo‘jalik-madaniy an’analar bilan uyg‘unlashib, bir-birini to‘ldirib borganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2021 yil 29 dekabrdagi 01/03-3556-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholining tomorqa orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi hamda uning huquqiy asoslari ta’minlanganligining etnosotsiologik tahlillariga asoslangan ma’lumotlarni olishga xizmat qilgan;
vohada bugungi kungacha saqlanib qolgan ekin ekish, hosil yig‘ib olish va ekin-tikinchilik bilan bog‘liq “ona bug‘doy”, “tulki qochdi”, “g‘alvir”, “xirmon”, “somon yig‘uv” singari urf-odat va marosimlarning mavjudligi, zamonaviy jamiyatda inson va tabiat munosabatlari, qishloqda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi hamda xususiy mulkchilik shakllarining qaror topishida muhim ahamiyat kasb etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 19 yanvardagi 06-28-115-son ma’lumotnomasi). Natijalar xo‘jalik madaniyatimizning holati, tiklanishi, rivojlanishi va saqlanishi haqida xalqimiz tasavvurini boyitish uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish