Umarov Ikromjon Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘hitangtog‘ qishloqlari aholisi nomoddiy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari”, 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar716.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Barno Mashrabjonovna, tarix fanlari doktori, professor; Rahmonov Faxriddin Shoymardonovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ko‘hitangtog‘ qishloqlari aholisi nomoddiy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlarini etnologik yo‘nalishda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ko‘hitangtog‘ qishloqlarida mavjud bo‘lgan xo‘jalik, oilaviy, tabobat bilan bog‘liq marosimlar, xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy “beshtosh”, “chanta”, “o‘ymanko‘ch”, “jumutoq”, “sandiqcha”, “handalaki” kabi o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi dalillangan;
aholining ish boshlashdan oldin «risola» olishi shartligi, yoshlarning ilk daromadidan «yo‘lto‘ra» haqi berganligi, merganlar o‘rtasida «o‘mma» holati bilan bog‘liq odatlari mavjud bo‘lganligi hamda kundalik hayotda «yulduz jadvali»ning o‘rni yuqori ekanligi aniqlangan;
hududda qozondoshlik an’anasining mavjud bo‘lganligi, unashtiruv marosimida qirq dona “qayirma”, “patir”, “qatlama”, “cho‘zma” kabi nonlarning tayyorlanishi, qabrga qo‘yishda “burchak” usulidan foydalanilganligi, xalq tabobatida “qaytarma”, “boqin”, “qoqin”, “alaslash” va “kitob ochirish” kabi usullardan foydalanilganligi aniqlangan;
aholi nomoddiy madaniyatiga xos «badash» bilan bog‘liq qadriyatlar, Bog‘lidarada polvonlar, Xomkonda chavandozlar maktablarining mavjud bo‘lganligi, milliy sport o‘yinlarining o‘tkazilish tartibi Tojikistonning Hisor, Qorategin, Shaartuz, Turkmanistonning Kalif va Karki tumanlaridan daf, chanqovuz kabi musiqiy asboblari bilan farqlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘hitangtog‘ qishloqlari aholisi nomoddiy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Ko‘hitangtog‘ qishloqlarida mavjud bo‘lgan xo‘jalik, oilaviy, tabobat bilan bog‘liq marosimlar, xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy “beshtosh”, “chanta”, “o‘ymanko‘ch”, “jumutoq”, “sandiqcha”, “handalaki” kabi o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi, aholining ish boshlashdan oldin «risola» olishi shartligi, yoshlarning ilk daromadidan «yo‘lto‘ra» haqi berganligi, merganlar o‘rtasida «o‘mma» holati bilan bog‘liq odatlari mavjud bo‘lganligi hamda kundalik hayotda «yulduz jadvali»ning o‘rni yuqori ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 19 yanvardagi 06-28-118-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy an’analar va qadriyatlarni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar ko‘nglida yurtsevarlik, madaniy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga asos bo‘lgan;
hududda qozondoshlik an’anasining mavjud bo‘lganligi, unashtiruv marosimida qirq dona “qayirma”, “patir”, “qatlama”, “cho‘zma” kabi nonlarning tayyorlanishi, qabrga qo‘yishda “burchak” usulidan foydalanilganligi, xalq tabobatida “qaytarma”, “boqin”, “qoqin”, “alaslash” va “kitob ochirish” kabi usullardan foydalanilganligi, aholi nomoddiy madaniyatiga xos «badash» bilan bog‘liq qadriyatlar, Bog‘lidarada polvonlar, Xomkonda chavandozlar maktablarining mavjud bo‘lganligi, milliy sport o‘yinlarining o‘tkazilish tartibi Tojikistonning Hisor, Qorategin, Shaartuz, Turkmanistonning Kalif va Karki tumanlaridan daf, chanqovuz kabi musiqiy asboblari bilan farqlanishi xususidagi ma’lumotlardan Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining tashkiliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 24 yanvardagi 02/08/83-son ma’lumotnomasi). Bu esa, mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlar ongiga insoniylik g‘oyalarini singdirish, teleradioko‘rsatuv va eshittirishlari orqali an’anaviy xalq marosimlari va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishga xizmat qilgan.