Boltaboev Xamidullo Xabibulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish orqali jismoniy madaniyatini takomillashtirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam B2021.2PhD/Ped2506.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Abduvali Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonxo‘jaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktabi o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini tashkil etish orqali jismoniy madaniyatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini tashkil etish va jismoniy madaniyatini rivojlantirish jarayonlari jismoniy xususiyatlarning anatomik, fiziologik, asab tizimlarini samarali rivojlantirish, sog‘lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari hamda jismoniy madaniyatning odatdagi zarur elementlarini mustahkam tarzda shakllantirishning qulayligi va ommabopligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini tashkil etishning gipokeneziya, gipodinamiya, bioritm kabi fiziologik xususiyatlari jismoniy status ko‘rsatkichlarining turli yoshdagi o‘quvchilar ontogenezida organizmning ishga kirishish xususiyatlarini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish modelining natijaviy – baholashga doir komponenti motivatsion, jismoniy me’yor, intensiv sog‘lomlashtirish jarayonlarining qaror topishi, jismoniy tayyorgarlikni olib borishga tayyorgarlik kabi taksonomik ko‘rsatkichlar bilan validlik darajasining mutanosibligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini jismoniy madaniyat orqali takomillashtirish jarayoni jismoniy mashqlar, mardlik, jasorat, botirlik kabi sub’ektiv omillar, quyosh, suv, havo kabi ob’ektiv omillarning adaptiv aloqadorligi reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish orqali jismoniy madaniyatini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini tashkil etish va jismoniy madaniyatini rivojlantirish jarayonlari jismoniy xususiyatlarning anatomik, fiziologik, asab tizimlarini samarali rivojlantirish, sog‘lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari hamda jismoniy madaniyatning odatdagi zarur elementlarini mustahkam tarzda shakllantirishning qulayligi va ommabopligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 17 noyabrdagi 89-03-2889-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda mustahkam sog‘lom turmush tarzini tashkil etish asosida jismoniy madaniyatini rivojlantirishga erishilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarzini tashkil etishning gipokeneziya, gipodinamiya, bioritm kabi fiziologik xususiyatlari jismoniy status ko‘rsatkichlarining turli yoshdagi o‘quvchilar ontogenezida organizmning ishga kirishish xususiyatlarini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “O‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini tashkil etishning fiziologik xususiyatlari” nomli mashg‘ulotlar to‘plamini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 7 dekabrdagi 01/11-02/02-1703-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli yoshdagi o‘quvchilar ontogenezida organizmning ishga kirish xususiyatlari aniqlashtirilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish modelining natijaviy – baholashga doir komponenti motivatsion, jismoniy me’yor, intensiv sog‘lomlashtirish jarayonlarining qaror topishi, jismoniy tayyorgarlikni olib borishga tayyorgarlik kabi taksonomik ko‘rsatkichlar bilan validlik darajasining mutanosibligini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini jismoniy madaniyat orqali takomillashtirish jarayoni jismoniy mashqlar, mardlik, jasorat, botirlik kabi sub’ektiv omillar, quyosh, suv, havo kabi ob’ektiv omillarning adaptiv aloqadorligi reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan I-2017-1-1413-raqamli “O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 7 dekabrdagi 01/11-02/02-1703-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha sog‘lomlashtirish dasturlari ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.