Sayt test rejimida ishlamoqda

Dadaboev Rustamjon Raximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1021.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Asqarali, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.  
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tilemuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan kompetensiyalar mazmuni va metodlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida axloqiy tarbiyalash  jarayonining  pedagogik  xususiyatlari umuminsoniy, axloqiy tamoyillariga sodiq bo‘lish, jamiyat axloqiy talablari va me’yorlari  axloqiy tafakkur tizimini shakllantirishning internal va eksternal namoyon bo‘lish darajasi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash jarayonlarining uzviyligi va uzluksizligi o‘quvchilarga ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir etish, moslashish jarayonining gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari hamda izchillik tamoyillariga ko‘ra  takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning pedagogik  mexanizmlari jismoniy tarbiyaning zarur elementlari anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlari, o‘quvchilarning qobiliyatlari va iqtidorlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion jarayon bosqichlarini yuzaga keltirish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida axloqiy tarbiyalashning didaktik tizimi ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘quvchi shaxsining faolligi, ta’lim jarayonining sub’ekti ekanligini aks ettiruvchi didaktik jarayonni tashkil etish shakllari asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida axloqiy tarbiyalash  jarayonining   pedagogik  xususiyatlari umuminsoniy, axloqiy tamoyillariga sodiq bo‘lish, jamiyat axloqiy talablari va me’yorlari  axloqiy tafakkur tizimini shakllantirishning internal va eksternal namoyon bo‘lish darajasi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’limning jismoniy tarbiya fani bo‘yicha milliy o‘quv dasturi” ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 apreldagi 01/11-02/02-565-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida axloqiy tarbiyalash  jarayonining  takomillashishiga erishilgan;
jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash jarayonlarining uzviyligi va uzluksizligi o‘quvchilarga ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir etish, moslashish jarayonining gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari hamda izchillik tamoyillariga ko‘ra  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’limning jismoniy tarbiya fani bo‘yicha milliy o‘quv dasturi”da o‘quvchilar faoliyatiga qo‘yiladigan estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 apreldagi 01/11-02/02-565-son ma’lumotnomasi). Natijada,jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash jarayonlarining uzviyligi va uzluksizligi integratsiyasi ta’minlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning pedagogik  mexanizmlari jismoniy tarbiyaning zarur elementlari anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlari, o‘quvchilarning qobiliyatlari va iqtidorlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion jarayon bosqichlarini yuzaga keltirish asosida takomillashtirish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida axloqiy tarbiyalashning didaktik tizimi ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘quvchi shaxsining faolligi, ta’lim jarayonining sub’ekti ekanligini aks ettiruvchi didaktik jarayonni tashkil etish shakllarini amaliyotga tadbiq etish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan jismoniy tarbiya yo‘nalishi mutaxassislarining tinglovchilari uchun “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati” moduli o‘quv materiallarini yaratish jarayonida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 apreldagi 01/11-02/02-565-son ma’lumotnomasi). Natijada,jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy tarbiyasini shakllantirishga doir nazariy bilim hamda amaliy malakalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish