Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxkamov Akmaljon Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aralash ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish» 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam B2021.2PhD/Ped2506. 
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Meliboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Xan`keldiev Sher Xakimovich, pedagogika  fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari  nomzodi, dotsent.
Etakchi  tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi aralash ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan  iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning mazmuni bir maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat ta’sirida o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirish, mustaqil bilim egallash, kasbni takomillashtirish kabi nazariy va amaliy darajalarining indikatorlarini belgilash asosida aniqlashtirilgan;  
bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ijtimoiy, ruhiy va jismoniy faollikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyatni gorizontal va vertikal integratsiyasini tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning didaktik parametrlari va jarayonli-tashkiliy asoslari reproduktiv ta’limni tashkil etish va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalari barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning didaktik tizimi ta’lim oluvchilarning refleksiv pozisiyasini intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aralash ta`lim texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning mazmuni bir maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat ta’sirida o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirish, mustaqil bilim egallash, kasbni takomillashtirish kabi nazariy va amaliy darajalarining indikatorlarini belgilash asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 89-03-929-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak o‘qituvchilari  uchun sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning mazmuni  o‘quv dasturlari va darsliklarga singdirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ijtimoiy, ruhiy va jismoniy faollikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyatni gorizontal va vertikal integratsiyasini tashkil etish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar ERASMUS+dasturi ModeHED -“Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” mavzusidagi ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, “Maktab sport lageri” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 89-03-929-son ma’lumotnomasi).  Natijada, oliy ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga bo‘lgan sadoqatni aniqlash imkonini beruvchi diagnostika protseduralari majmuasini natijadorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning didaktik parametrlari va jarayonli-tashkiliy asoslari reproduktiv ta’limni tashkil etish va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalari barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning didaktik tizimi ta’lim oluvchilarning refleksiv pozisiyasini intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan OT-F1-36, F3-2016-0914183252 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi fundalmental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi  89-03-929-son ma’lumotnomasi).  Natijada, tadqiqot ishi doirasida ishlab chiqilgan texnologiya va mualliflik  usullari  asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning mexanizmlari takomillashtirilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish