Akmalova Dildora Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped.2362.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpulatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori.  
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish  mexanizmlarini  ishlab  chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogik jarayonlarda nazariy tushunchalarni amaliy pedagogik faoliyat bilan integratsiyasini ta’minlash mexanizmlari reorganizatsion, demonstratsion va relaksatsion yondashuvlarning ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga idientiv bog‘liqligini izchil ta’minlash yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
strategik yondashuv texnologiyasi tizimga xos xususiyatlarga ko‘ra kuzatish, sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ob’ektiv baholash, natijalar bo‘yicha boshqaruv kabi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish izchilligini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim-tarbiya jarayonlarida yuqori natijadorlikka erishishni nazarda tutuvchi pedagogik jarayonlarni optimallashtirish algoritmi tashkiliy, propedevtik, asosiy va yakuniy bosqichlarning o‘zaro aloqadorligini saqlash vositasida dars bosqichlari izchilligini o‘zgartirishning universalligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kredit-modulli ta’lim texnologiyasida pedagogik jarayonlar samaradorligini ta’minlash mexanizmlari hamda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning innovatsion modeli  shaxsiy samaradorlik strukturasi, resurs yondashuvi texnologiyasi, samaradorlik formulasi, reorganizatsion va relaksatsion yondashuvlardan foydalanish vositasida qulay-moslashuvchan ta’limiy muhitni shakllantirish yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish sohasidagi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra: 
pedagogik jarayonlarda nazariy tushunchalarni amaliy pedagogik faoliyat bilan integratsiyasini ta’minlash jarayonlarida reorganizatsion, demonstratsion va relaksatsion yondashuvlarning ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga idientiv bog‘liqligini muvofiqlashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 iyuldagi 02-07-1841/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda pedagogik jarayonlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlarida tushunchalar shakllantirishga erishilgan;
strategik yondashuv texnologiyasi tizimga xos xususiyatlarga ko‘ra kuzatish, sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ob’ektiv baholash, natijalar bo‘yicha boshqaruv kabi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish izchilligini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar  PZ-20170929727 raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 iyuldagi 02-07-1841/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, qulay ta’limiy muhitni shakllantirish  vositasida  pedagogik  jarayonlar  sub’ektlari  faoliyati samaradorligi ta’minlangan va magistrantlarda tashkiliy va boshqaruv faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga erishilgan;
ta’lim-tarbiya jarayonlarida yuqori natijadorlikka erishishni nazarda tutuvchi pedagogik jarayonlarni optimallashtirish algoritmi tashkiliy, propedevtik, asosiy va yakuniy bosqichlarning o‘zaro aloqadorligini saqlash vositasida dars bosqichlari izchilligini o‘zgartirishning universalligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 iyuldagi 02-07-1841/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik jarayonlarda sub’ektlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarining samarali qo‘llashga imkoniyat yaratilgan hamda darsning har bir bosqichida talabalarning belgilangan maqsadlarga hamkorlikda erishishi va faolligini ta’minlashga erishilgan;
kredit-modulli ta’lim texnologiyasida pedagogik jarayonlar samaradorligini ta’minlash mexanizmlari hamda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning innovatsion modeli  shaxsiy samaradorlik strukturasi, resurs yondashuvi texnologiyasi, samaradorlik formulasi, reorganizatsion va relaksatsion yondashuvlardan foydalanish vositasida qulay-moslashuvchan ta’limiy muhitni shakllantirish yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar PZ- 20170929727 raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 iyuldagi 02-07-1841/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muasasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish