Sayt test rejimida ishlamoqda

Ashurova To‘lg‘anoy Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tasviriy faoliyat orqali predmetlar bilan tanishtirish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.4.PhD/Ped 2938  
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti 
Ilmiy rahbar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020. Ped.70.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat orqali predmetlar bilan tanishtirish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlar bilan tanishtirish jarayoni bilish jarayonining sezgi, idrok, tafakkur, amaliyotda qo‘llash hamda mustahkamlash bosqichlari mazmunini o‘quv qurollari, geometrik figuralar, musiqa asboblari, kundalik ehtiyoj buyumlari, tabiiy va maishiy  buyumlar kabi predmetlar bilan boyitish asosida takomillashtirilgan; 
tasviriy faoliyatga o‘rgatish mashg‘ulotlarida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlariga mos holda informatsion-reseptiv, reproduktiv, tadqiqotchilik, evristik yo‘nalishdagi metodlardan foydalanish samarali ekanligi asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlar bilan tanishtirishning vetagen tajribalar, nostandart vazifalar, analitik topshiriqlar, mustaqil harakat kabi tashkiliy shakllari  predmetlarni vizual o‘zlashtirishga doir hamda ko‘nikmalar shakllanganligini tavsifiy belgilovchi kognitiv, amaliy va ijodiy mezonlar asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlar bilan tanishtirish modelining funksional bloki imitatsiya, konstruksiya va vizualizatsiya faoliyatlariga asoslangan  “Avtobusni toping”, “Hayvonlar uchun uy qurish”, “Shifokorga yordam”, “Er ombori” kabi  didaktik o‘yinlarni o‘z ichiga olgan motivatsion bosqichni kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tasviriy faoliyat orqali predmetlar bilan tanishtirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha tayyorlangan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlar bilan tanishtirish jarayoni bilish jarayonining sezgi, idrok, tafakkur, amaliyotda qo‘llash hamda mustahkamlash bosqichlari mazmunini o‘quv qurollari, geometrik figuralar, musiqa asboblari, kundalik ehtiyoj buyumlari, tabiiy va maishiy  buyumlar kabi predmetlar bilan boyitish asosida takomillashtirilganiga oid xulosalaridan “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediyali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 03-03/2-3922-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari dastlabki tasviriy faoliyatni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediyali intellektual o‘yinlarni takomillashtirish imkonini bergan;
tasviriy faoliyatga o‘rgatish mashg‘ulotlarida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va individual  xususiyatlariga mos holda informatsion-reseptiv, reproduktiv, tadqiqotchilik, evristik yo‘nalishdagi metodlardan foydalanish samarali ekanligi asoslanganiga doir xulosalar “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31maydagi 237-son buyrug‘i, 237-176-son nashr guvohnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi mutaxasislik fanlarini o‘rganish jarayonini samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlar bilan tanishtirishning vetagen tajribalar, nostandart vazifalar, analitik topshiriqlar, mustaqil harakat kabi tashkiliy shakllari  predmetlarni vizual o‘zlashtirishga doir kognitiv,  ko‘nikmalar shakllanganligini tavsifiy belgilovchi kognitiv, amaliy va ijodiy mezonlar asosida takomillashtirilganiga doir xulosalardan Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari maktabgacha ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 03-03/2-3922-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda bilishga bo‘lgan qiziqishlarning ortishi, predmet  bilan tanishtirish bo‘yicha bilimlar, ko‘nikmalar hamda ulardan foydalanish zaruratini tushunish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish