Sayt test rejimida ishlamoqda

G‘aniev Abduqahhor Gadoevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda mantiqiy va nostandart tafakkur uyg‘unligi asosida fizikani o‘qitish nazariyasi va metodikasi (10-11-sinf va akademik liseylar misolida”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped256.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Muqimov Komil Muqimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi; Abdiev Umirbek Begmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-11-sinf va akademik lisey o‘quvchilarida mantiqiy va nostandart tafakkur uyg‘unligini ta’minlash asosida fizika fanini o‘qitish nazariyasi va metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarning senzitivlik davrlarida muhim bo‘lgan to‘la fikrlash ko‘nikmalari fizika fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi mantiqiy va nostandart fikrlash kabi ko‘nikmalarining baholash parametrlari bilan o‘zgarish dinamikasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan; 
fizika fanini o‘qitish metodikasi intellekt xaritalaridan foydalanish orqali vizual ko‘rish muhitida yangi nazariyalarni yaratish, fazoviy ko‘rish yordamida intellektni rivojlantirish, verbal ma’lumotlarga vizual ko‘rinish berish va nostandart echimlarga erishishga yo‘naltirilgan talabalarning to‘la fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish borasida fazoviy va mantiqiy fikrlash bilan o‘zaro optimal uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Mexanika va molekulyar fizika” bo‘limlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning to‘la fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli analitik-mantiqiy, nostandart  fikrlash singari ko‘nikmalar  va nostandart tafakkurning tasavvur, anologiya, metafora va intuisiya kabi shakllarini o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “elektromagnit to‘lqinlar, atom va yadro fizikasi” bo‘limlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda to‘la fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir “Elektromagnit to‘lqinlar”, “Yorug‘likning tabiati”, “Ta’sirlashuvlar” kabi intellekt xaritalari mantiqiy va analitik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ijodiy, tahliliy va qiyosiy yondoshuvlarga asoslangan topshiriqlarni ishlab chiqish, nostandart fikrlashga aloqador intuisiya va tasavvur yordamida fikrlashni faollashtirish muhitida konsentrik qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda mantiqiy va nostandart fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasining modeli to‘la fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan izohlash, tasvirlash, umumlashtirish kabi mantiqiy vazifalar va muammoli masalalarni ishlab chiqish hamda tajriba-izlanishlarda identiv modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarga mantiqiy va nostandart tafakkur uyg‘unligida fizikani o‘qitish nazariyasi va metodikasi (10-11-sinf va akademik liseylar misolida) mavzusiga doir takliflar asosida:
bolalarning senzitivlik davrlarida muhim bo‘lgan to‘la fikrlash ko‘nikmalari fizika fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi mantiqiy va nostandart fikrlash kabi ko‘nikmalarining baholash parametrlari bilan o‘zgarish dinamikasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilganiga doir xulosalari asosida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf va akademik lisey o‘quvchilari uchun “Fizika 10”, “Fizika 11” darsliklari yaratilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 11 apreldagi 01/11-01/9-473-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning mantiqiy va nostandart fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan;
fizikaning “Mexanika va molekulyar fizika” bo‘limlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning to‘la fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli analitik-mantiqiy, nostandart  fikrlash singari ko‘nikmalar  va nostandart tafakkurning tasavvur, anologiya, metafora va intuisiya kabi shakllarini talqin qilish o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llash asosida takomillashtirilganiga doir xulosalari “Fizika (Mexanika va molekulyar fizika)”, “Fizika (Elektrodinamika asoslari)” hamda “Fizika (Optika va atom fizikasi)” nomli darsliklar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 maydagi 02/01-00-10-son ma’lumotnomasi). Natijada darsliklardagi nostandart topshiriqlar, intuitiv vazifalar, muammmoli laboratoriya mashg‘ulotlarini takomillashtirish imkonini bergan;
fizikaning “elektromagnit to‘lqinlar, atom va yadro fizikasi” bo‘limlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda to‘la fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir “Elektromagnit to‘lqinlar”, “Yorug‘likning tabiati”, “Ta’sirlashuvlar” kabi intellekt xaritalari mantiqiy va analitik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ijodiy, tahliliy va qiyosiy yondoshuvlarga asoslangan  topshiriqlarni ishlab chiqish, nostandart fikrlashga aloqador intuisiya va tasavvur yordamida fikrlashni faollashtirish muhitida konsentrik qo‘llash asosida takomillashtirilganiga doir xulosalaridan Jahon banki tomonidan loyihalashtirilgan №AIF-2/15 “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish”  mavzusidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 maydagi 02/01-00-10-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limga mantiqiy va nostandart  tafakkur uyg‘unligi asosida o‘qitish nazariyasi va metodikasi, ya’ni to‘la fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish imkonini bergan;
o‘quvchilarda mantiqiy va nostandart fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasining modeli to‘la fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan izohlash, tasvirlash, umumlashtirish kabi mantiqiy vazifalar va muammoli masalalarni ishlab chiqish hamda tajriba-izlanishlarda identiv modifikatsiyalash asosida takomillashtirilganiga doir xulosalaridan №OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 maydagi 02/01-00-10-son ma’lumotnomasi). Natijada baholash asosida tuzilgan diagramma pedagogik texnologiyani rivojlantirish, iste’dodli o‘quvchilarni mutaxassis iste’molchilariga taklif qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish