Sayt test rejimida ishlamoqda

Hamidova Kamola Mamirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Farg‘ona vodiysi toponimiyasida variantlilik: yuzaga kelish omillari, turlari va funksional xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil362.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Xudoyberganov Rovshan Yusufovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Jizzax dalat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi toponimlarining tarixiy va zamonaviy, dialektal va adabiy, fonetik, grafik, imloviy, morfologik, uslubiy variantlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toponim varianti, toponimik variantlilik tushunchalarining leksik-semantik ma’no-mundarijasi va uni yuzaga keltiruvchi mahalliy sheva hamda lahjalar, milliy va xorijiy tillar ta’siri bilan bog‘liq lisoniy va ijtimoiy-siyosiy hayotga doir nolisoniy omillar dalillangan;
tarixiy va zamonaviy toponimik variantlilik, toponimlarning fors, arab tillariga mansub qadimiy yozma tarixiy manbalari va lisoniy takomili bilan bog‘liq tarixiy-etimologik variantlari hamda ularning leksik-semantik, nominatsion-motivatsion, struktural-tipologik xususiyatlari ochib berilgan;
Farg‘ona vodiysi toponimlarining fonetik, morfologik, grafik variantlari va uslubiy xoslangan turlarining she’riy matnlar konteksti bilan bog‘liq leksik-semantik, uslubiy funksional belgi-xususiyatlari ochib berilgan;
toponimik variantlilikning funksional, semantik, uslubiy ijobiy qirralari va imlosi hamda talaffuzi bilan bog‘liq salbiy xususiyatlari aniqlanib, salbiy jihatlarni bartaraf etish yuzasidan til me’yorlariga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi toponimiyasida variantlilik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalariga asoslanib: 
toponim varianti, toponimik variantlilik tushunchalarining leksik-semantik ma’no-mundarijasi va uni yuzaga keltiruvchi mahalliy sheva hamda lahjalar, milliy va xorijiy tillar ta’siri bilan bog‘liq lisoniy va ijtimoiy-siyosiy hayotga doir nolisoniy omillarga doir tahlil hamda xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan BB-Atex-201g(143)-raqamli  «Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkoniyatini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish» nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 14 dekabrdagi 02-2524/1-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari samaradorligi oshgan, mavjud dasturlar va qo‘llanmalar takomillashgan;
tarixiy va zamonaviy toponimik variantlilik, toponimlarning fors, arab tillariga mansub qadimiy yozma tarixiy manbalari va lisoniy takomili bilan bog‘liq tarixiy-etimologik variantlari hamda ularning leksik-semantik, nominatsion-motivatsion, struktural-tipologik xususiyatlariga doir tahlil hamda xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170927147 – «Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi» mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 15 dekabrdagi 02-2538-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi ayrim toponimik birliklarning variantlari tahlili va izohlari mukammallashgan;
Farg‘ona vodiysi toponimlarining fonetik, morfologik, grafik variantlari va uslubiy xoslangan turlarining she’riy matnlar konteksti bilan bog‘liq leksik-semantik, uslubiy funksional belgi-xususiyatlari, toponimik variantlilikning funksional, semantik, uslubiy ijobiy qirralari va imlosi hamda talaffuzi bilan bog‘liq salbiy xususiyatlari aniqlanib, salbiy jihatlarni bartaraf etish yuzasidan til me’yorlariga asoslangan tavsiyalar tahliliga doir ilmiy natija va xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalida ma’naviy-ma’rifiy eshittirishlarning ssenariysini yozishda foydalanilgan  (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 iyundagi 04-25-1081-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish