Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiboev Husniddin Abdumajitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bevosita soliqlarni hisoblash va undirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1329.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-Moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bevosita soliqlarni hisoblash hamda ma’murchilik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch yil davomida faoliyat ko‘rsatib, hisoblangan foyda soliqlarini o‘z muddatida to‘liq to‘lab kelayotgan, biroq moliyaviy ahvoliga ko‘ra, soliq qarzlarini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘ini  bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilishi asoslangan;
turistik hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlari bilan shug‘ulanuvchi tadbirkorlar uchun 2025 yil 1 yanvarga qadar aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash bo‘yicha taklif berilgan;
aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi hisoblanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor uchun soliq hisoblashda faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy, oilaviy, mol-mulkini sotishdan olingan daromadlarini hisobga olmaslik taklifi asoslangan;
jismoniy shaxslar uchun yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonining qiymati uch yuz million so‘mdan oshmagan hamda dastlabki badalni va ipoteka krediti bo‘yicha foizlari bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobidan olingan ipoteka kreditlariga hisoblangan foizlarni qoplash uchun, bir yil davomida, jami o‘n besh million so‘mgacha daromad solig‘idan ozod etish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bevosita soliqlarni hisoblash, undirish hamda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
uch yil davomida faoliyat ko‘rsatib, hisoblangan foyda soliqlarini o‘z muddatida to‘liq to‘lab kelayotgan, biroq moliyaviy ahvoliga ko‘ra, soliq qarzlarini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘ini  bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-son qarorida hamda .O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 oktyabrdagi O‘RQ-722-sonli qonuniga asosan, Soliq kodeksining 99-100-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi №06/14-01-01-37/1197-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur toifadagi soliq to‘lovchilarning moliyaviy ahvoli yaxshilangan va soliq bo‘yicha qarz miqdorining kamayishiga erishilgan;
turistik hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlari bilan shug‘ulanuvchi tadbirkorlar uchun 2025 yil 1 yanvarga qadar aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi⸱Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi⸱PQ-104-son qarorida hamda Soliq kodeksining⸱483-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022⸱yil⸱13 iyundagi 15-78178-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda 14000 dan oshiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 33300 mln. so‘m miqdoridagi imtiyozga ega bo‘lishi kutilmoqda;
aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi hisoblanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor uchun soliq hisoblashda faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy, oilaviy, mol-mulkini sotishdan olingan daromadlarining hisobga olinmaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 465-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi №06/14-01-01-37/1197-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur toifadagi soliq to‘lovchilarning moliyaviy ahvoli yaxshilangan va soliq bo‘yicha qarz miqdorining kamayishiga olib kelgan;
jismoniy shaxslar uchun yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonining qiymati uch yuz million so‘mdan oshmagan hamda dastlabki badalni va ipoteka krediti bo‘yicha foizlari bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobidan olingan ipoteka kreditlariga hisoblangan foizlarni qoplash uchun bir yil davomida jami o‘n besh million so‘mgacha daromad solig‘idan ozod etish taklifi Soliq kodeksining 378-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi №06/14-01-01-37/1197– son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi foyda colig‘i bo‘yicha coliqqa tortish bazacining aniqligi hamda bu coliqni hicoblashda coliq va buxgalteriya hicobi ma’lumotlarining bir-biriga moc kelishini ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish