Yuldashev Alisher Tursunbaevichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qo‘sh buram pishitilgan ip olish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/2405
Ilmiy rahbar: Matismailov Sayfulla Lolashbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Madumorov Ilhom Dadaxonovich texnika fanlari doktori, professor; Parpiev Xabibullo texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘sh buram pishitish urchug‘ida ip tarangligining bir me’yordaligini ta’minlovchi nasadka konstruksiyasini takomillashtirib, mahsulot sifati oshirishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘sh buram pishitish mashinasida ipning tarangligiga ta’sir qiluvchi kuchlarining mahsulot notekisligi o‘zgarishiga olib kelishi aniqlangan va uni kamaytirish uchun qayishqoq elementli urchuq nasadka konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
pishitilgan ipdagi buramlarni bir tekis taqsimlash uchun nasadkadagi qayishqoq elementlar rotsional qiymatlari va sharchaning muvozanat holati aniqlangan;
urchuq yangi nasadkasining pishitilgan ip sifatiga ta’siri va qayishqoq elementlar bikrligiga bog‘liqlik qanuniyatlari aniqlangan;
mavjud pishitilgan ipga nisbatan qo‘sh buram pishitish mashinasi urchug‘iga yangi nasadkani qo‘llash orqali mustahkamligi yuqori bo‘lgan ip ishlab chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qo‘sh buram pishitish mashinasi urchuq yangi nasadkasi parametrlarning pishitilgan ip sifatiga ta’siri darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
urchuq nasadkasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patenti («Kalava iplarni pishitish uchun qurilma» № FAP 01560) olingan;
qo‘sh buram pishitish mashinasi urchuq yangi nasadkasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tassarufidagi korxonalarida, xususan “OSBORN TEXTILE” QK MChJ, “UZTEX GROUP” QK MChJlarda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 13 iyun` №03/25-1877-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘sh buram pishitish mashinasi urchug‘ining yangi nasadkasida pishitilgan ipdagi buramlar tarqalish masofasining o‘zgarmasligi natijasida buramlar soni 10 % ga kamayishi va ipdagi muvozanatlanganlik yaxshilanishiga erishilgan.