Jamolov Abduraxmon Solijonovichvichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qiya joylashgan qoziqli barabanli paxta tozalash qurulmasi parametrlarini asoslash”, 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1168.
Ilmiy rahbar: Murodov Rustam Murodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.T.66.01
II. Tadqiqotning maqsadi: Qiya joylashgan qoziqli barabanli paxta tozalash qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash orqali paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalarining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud paxtani tozalovchi qurilmalardan farqli ravishda paxtaning tabiiy xususiyatlariga ta’sir etmasdan, mayda iflosliklardan ajratib beradigan, yangi qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxtadagi mayda iflosliklardan tozalovchi qoziqchali barabani qiya joylashgan qurilmasida paxta va iflos aralashmalar harakatlarini matematik ifodasi olingan va ularning harakat qonunlarining grafiklari qurilgan;
to‘rli yuzadan iborat yangi konstruksiyadagi yuzasining tozalash samaradorligiga ta’sir etuvchi omillari va tozalash yuzasining optimal parametrlari (to‘rli sirtning foydali yuzasi, baraban qiyaligi, baraban tezligi) aniqlangan;
qiya tozalovchi baraban valining burchak tezliklari, burovchi momentlar va qoziqchalarda paxta bo‘lagini ta’sir kuchini o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan hamda paxtani tozalash qurilmasining takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qiya joylashgan qoziqli barabanli paxta tozalash qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasi “Namangan To’qimachi Kluster” MChJga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik klasterlari uyushmasi” ning 2022 yil 06 maydagi 02/22-296 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash agregatining tozalash samaradorligi 8% oshgani hisobiga yiliga 1020869 ming so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.