Maxammadieva Xilola Norbek qizining
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Murakkab efir asosida poyabzal ustki qismi uchun charmni yog‘lantirish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.03-“Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1350
Ilmiy rahbar: Shamsieva Maxbuba Badrievna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Xayitov Axror Axmadovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sanoat ikkilamchi va yonaki mahsulotlaridan olingan murakkab efir asosida poyabzal ustki qismi uchun charmni yog‘lantirish texnologiyasini takomillashtirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahalliy sanoat yonaki va ikkilamchi mahsulotlardan sivush moyi hamda paxta soapstogining xom yog‘ kislotalari asosida birinchi marta murakkab efir  olingan va uning asosiy xususiyatlari aniqlangan;
yog‘lovchi moddalar derma tolalarining sinuvchanligining kamaytirishi natijasida charmning cho‘zilishdagi mustahkamligi oshishiga imkon yaratishini inobatga olib, sivush moyi va paxta soapstogining xom yog‘ kislotalari murakkab efirining dermaga chuqur singishi va ularni alohida tolali elementlarini yog‘ bilan qoplashi IQ-spektroskopiya va elementar tarkib tahlillari  natijasida aniqlangan;  
sivush moyi va paxta soapstogining xom yog‘ kislotalari murakkab efiri asosidagi yog‘lovchi kompozisiyani yog‘lantirish texnologiyasida qo‘llashning optimal parametrlari aniqlanib, ularning maqsadga muvofiq o‘zgartirilishi, charmning elastiklik va uzayish xossalariga ta’sir ko‘rsatishi belgilab olingan;  
yog‘lovchi kompozisiyada sivush moyi va paxta soapstogining xom yog‘ kislotalari murakkab efirini qo‘llash natijasida, yog‘lantirish jarayonini intensifikatsiyalanishiga hamda yog‘lovchi kompozisiyaning charm strukturasi bo‘ylab tekis taqsimlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy yog‘lovchi moddalar asosida olingan murakkab efir ishtirokida poybzal ustki qismi uchun olingan charmni takomillashtirilgan yog‘lantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
mahalliy sanoat ikkilamchi  va qo‘shimcha mahsulotlaridan olingan murakkab efir asosida yog‘lovchi kompozisiya “OSIYO MO’YNASI” xususiy korxonasida joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi 07/1851-sonli ma’lumotnomasi). Natijada murakkab efirni qo‘llash orqali charm tarkibidagi yog‘lovchi moddalar miqdorini 1.35 % ga oshishi hisobidan fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishiga erishilgan; 
poybzal ustki qismi uchun charm ishlab chiqarishning yog‘lantirish jarayonida murakkab efir asosidagi yog‘lovchi tarkib qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Angren shaxrining “ANGREN ChARM INVEST” MChJ da joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi 07/1851-sonli ma’lumotnomasi). Natijada charmni yog‘lantirish jarayonida import mahsulotlari o‘rniga mahalliy yog‘lovchi moddalarni qo‘llash asosida nazorat charmlaridan qolishmaydigan va davlat standartlari talabiga javob beradigan charm olingan hamda yog‘lovchi moddalar mahalliylashtirilishi hisobidan tannarxi  3,5-4 baravar kam bo‘lgan yog‘lovchi kompozisiya olishga erishilgan;
yirik shoxli mol terilaridan poyabzal ustki qismi uchun charmni   yog‘lantirish jarayonida murakkab efir asosidagi kompozisiya “GOLD LEATHER EXPORT IMPORT” MChJ da ishlab chiqarishda joriy etilgan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi 07/1851-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan charmlarning mustahkamlik xossalari 0.7 MPa  ga hamda kuchlanishdagi uzayishi 11.2 % ga oshishiga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish