Hakimov Iskandar Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xrom, marganes va nikel` bilan legirlangan Zn22Al rux-alyuminiy qotishmasining anod o‘zini tutishi va oksidlanishi», 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Ilmiy rahbar: Obidov Ziyodullo Raxmatovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kӯlob texnologiyalar va innovatsion menejment instituti, V.I. Nikitin nomli kimyo instituti Tojikiston milliy fanlar akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04
Rasmiy opponentlar: Norxo‘jaev Fayzulla ramazanovich texnika fanlari doktori, professor. To‘raxo‘jaeva Shirinxon Nodir qizi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» Olmaliq filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Xrom, marganes va nikel` bilan legirlangan Zn22Al rux-alyuminiy qotishmasining turli korrozion muhitlarda anod o‘zini tutishi va oksidlanishini o‘rganish asosida samarali texnologiyani ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rux-alyuminiy qotishmasining yangi tarkibi ruxning alyuminiy tarkibidagi miqdorining o‘zgarishi natijasida olinayotgan qotishmaning mexanik xossalarining o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
po‘latni korroziyadan himoyalovchi qoplamalar tarkibi eqoplama tashkil etuvchi lementlarining kimiyoviy aktivligining haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
Zn22Al rux-alyuminiy qotishmasining korrozion va elektrokimyoviy tavsiflarining o‘zgarish grafigi rN korrozion muhitning haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarish parametrlari asosida aniqlangan;
legirlovchi elementlarning Zn22Al qotishmasi mikrostrukturasiga ta’siri tashkil etuvchi elementlarning kristal panjaralarining o‘zgarishi asosida aniqlangan;
Zn22Al rux-alyuminiy qotishmasining qattiq holatda oksidlanish jarayonining kinetik va energetik parametrlari kimyoviy reaksiyalarning harorat asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Xrom, marganes va nikel` bilan legirlangan Zn22Al rux-alyuminiy qotishmasining anod o‘zini tutishi va oksidlanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rux-alyuminiy qotishmasining yangi tarkibi Ko‘lob texnologiyalar va innovatsion menejment institutining ilmiy tadqiqotlar bo‘limida joriy qilingan (“Sanoat va yangi texnologiyalar” Vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi №15-2191 son ma’lumotnomasi). Natijada qoplamalarning aksilkorrozion bardoshliligi 2-3 martaga ortishiga erishilgan;
po‘latni korroziyadan himoyalovchi qoplamalar sifatida ishlab chiqilgan yangi rux-alyuminiy qotishmalari «TAlKo» OAJ korxonasida kabel`-o‘tkazgich mahsulotlarini montaj qilish va yotqizish uchun joriy qilingan (“Sanoat va yangi texnologiyalar” Vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi №15-2191 son ma’lumotnomasi). Natijada samara korroziya tezligining 2-3 marta pasayishi hisobiga 1 m2 himoya qilinadigan yuzaga 9.4$ ni (12 somoni 70 dirham) tashkil qilgan.