Janiev Xurshid Eshnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Auminza-Beltov tog‘lari oltin ma’danlashuvning qidiruv mezonlari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/GM.86.
Ilmiy rahbar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Mineral resurslar instituti» DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Tangirov Abdimutal Isamitdinovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Auminza-Beltov ma’danli mintaqasi hududida yashirin ma’danlashuvga istiqbolli maydonlarni ajratishning bashorat-qidiruv me’zonlar majmuasini aniqlash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ABMM oltin ma’danli konalrining shakllanishi va joylashuvida aosisy faktorlar va belgilarning roli o‘rnatildi;
ABMM geofizik, geokimyoviy anomaliyalariga nisbatan yoriqli buzilmalar zichligi xaritasida oltin ma’danlashuvining joylashuida optimal sharoitlar aniqlandi;
Ovminza-Beltog‘ ma’danli mintaqasida yashirin ma’danlashuvni bashoratlash me’zonlarining oqilona to‘plami aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Auminza-Beltov tog‘lari va tog‘ oldi hududlarining geologik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oltin ma’danlashuvining bashoratlash va qidiruv mezonlari kompleksi “Regionalgeologiya” DUK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 14 yanvardagi 02-18-son ma’lumotnomasi). Natijalar konlarning geologiya qidiruv ishlari qamrab olmagan chuqurlikdagi ma’dan tanalarini qidirishni davom ettirishga imkon bergan;
yoriqli buzilishlar zichligi xaritasi - “Regionalgeologiya” DUK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 14 yanvardagi 02-18-son ma’lumotnomasi). Natijalar minerallashgan va ma’danli zonalarning hosil bo‘lish qonuniyatlarini aniqlash va yoriqlarda shakllanishi bilan bog‘liqligini bashoratlash imkonini bergan;
Ovminza-Beltov ma’dan rayonining kosmostrukturaviy va strukturaviy-statistik materiallari deshifrirovka natijalari “Regionalgeologiya” DUK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 14 yanvardagi 02-18-son ma’lumotnomasi). Natijalar konlar va ma’dan namoyonlarining chuqur gorizontlari va qanotlarida qidiruv ishlarini maqsadli olib borish imkonini bergan.