Axmedov Nurmuhammadning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy O‘zbekistondagi oltin, vol`fram va temir ma’danlarini geologik-sanoat turlash va ularning istiqbollarini baholash mezonlari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/GM52.
Ilmiy maslahatchi: Antonov Aleksandr Evgen`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: «Mineral resurslar instituti» DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Razikov Odil Taxirdjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (DSc); Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘arbiy O‘zbekiston ma’dan konlarining asosiy geologik-sanoat turlarini ajratish, ularning turli davriy geodinamik sharoitlarda joylashish sharoitlarini aniqlash va ma’dandorlik istiqbollarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollizion va aktivlashgan geodinamik sharoitlarda oltin va vol`fram ma’danlari, subduksiya sharoitida temir-titan ma’danlashuvi hosil bo‘lishi, ushbu turdagi konlarni qidirish uchun geologik-strukturaviy (tektonik) metallogenik mezon ekanligi aniqlangan;
turli geologik-sanoat turlariga oid ma’lum unikal va yangi konlarni hozirda o‘rganilganlik holatini tahlil qilish asosida O‘zbekiston hududidagi qimmatbaho, nodir, rangli va qora metallarning etalon ob’ektlari mufassal tavsiflangan;
oltin ma’danli (Chormiton, Marjonbuloq, Sarmich, Ajibugut), vol`fram (Ingichka, Sautboy, Saritov) va temir-titanli konlarning (Tebinbuloq, Temirkon) hosil bo‘lish omillari va izlashning kompleks belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassamlashtirgan etalon geologik-sanoat turlari tizimlashtirilgan;
ma’dan zahiralarini ko‘paytirish, yangi hududlarda konlarni aniqlash istiqbollari belgilab olingan va oltin, vol`fram, temir va boshqa foydali qazilmalarni geologik qidiruv ishlarini rivojlantirish yo‘nalishlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ma’danli konlarning geologik-sanoat turlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aniqlangan hosil bo‘lish omillari, oltinga oid va boshqa ma’danlashuvlarni izlashning ishlab chiqilgan kompleks belgilari «Regionalgeologiya» DKda joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/38-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar oltin, vol`fram, temir ma’danli konlarni hamda olmosga istiqbolli maydonlarni aniqlashga doir geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun izlash ishlarini kengaytirish imkonini bergan;
Qalmoqqir va Yoshlik-Ι konlarini mis, oltin, kumush, molibden va nodir metallarning yaxlit kompleks koni deb qaraydigan “Katta Olmaliq” konsepsiyasi “O‘zbekgeologiya qidiruv” AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/38-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar respublikadagi oltin-mis-molibdenli ma’dan konlari va ma’dan namoyonlari doirasidagi geologiya-qidiruv ishlari miqyosini kengaytirish imkonini bergan;
Zarmitan ma’dan maydoni zahiralarini ko‘paytirish, yangi maydonlarda konlarni aniqlashga doir tavsiyalar “O‘zbekgeologiya qidiruv” AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/38-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Chormiton va G‘ujumsoy konlarining g‘arbiy, shimoliy va janubiy qismlarining istiqbolliligini, shuningdek sanoat miqyosidagi ma’danlashuvni 1000 m ga qadar tarqalganligini isbotlash imkonini bergan;
Zarmitan ma’danli maydoniga tutash hududlarning geologik-geofizik, masofaviy va mavzuga oid ma’lumotlarini talqin qilish “O‘zbekgeologiya qidiruv” AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/38-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Shimoliy Nurota tog‘larida Pistali, Bayram, Novkat, Uzunsoqol, Davlatxo‘ja, Oqbel maydonlarida va Janubiy Nurota tog‘laridagi Pangat, Shimoliy Qo‘shrabod, Ogaydar va Sartoqchi maydonlarida oltinga oid ma’danlashuv istiqbolini asoslash imkonini bergan;
oltin, vol`fram, temir-titan ma’danli konlarning tizimlashtirilgan etalon geologik-sanoat turlari “O‘zbekgeologiya qidiruv” AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 02/38-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Respublikasi ma’danli foydali qazilmalarining (oltin, kumush, vol`fram, mis, molibden, temir, olmos va b. metallar) mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan.