Yusupova El`vira Gaynatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Monoklonal antitanalar (gepatit B virusiga), rekombinant antigenlar (sifilisga) va gapten-oqsil kon’yugatlari (opioidlarga qaramlikni aniqlash uchun) asosida IFA test-sistemalar ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/K131.
Ilmiy maslahatchi: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nigmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori; Oshhepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: HBsAg ga monoklonal antitanalar ishlab chiqaruvchi gibridomalar, antitanalarga qarshi kon’yugatlar va gapten-oqsil kon’yugatlarini olish  va ular asosida gepatit V virusining sirt antigenini, sifilis qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan antitanalarni va giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi shaxslarni aniqlash uchun IFA test-sistemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tut ipak qurti (Bombyx mori) lichinkalari tomonidan ishlab chiqarilgan rekombinant HBsAg ga qarshi monoklonal antitanalarni ishlab chiqaruvchi gibridomalar olingan;
rekombinant HBsAg ga qarshi monoklonal antitanalar assitli suyuqliklardan ajratilib, tozalangan va ularning xususiyatlari aniqlangan;
soyaning 17 xil mahalliy navlarining umumiy oqsillar miqdori aniqlangan va ular orasidan “O‘zbek-6” navi eng oqsilga boy nav ekanligi isbotlangan;
ilk bor morfin-oqsil kon’yugatlarini olishda tashuvchi sifatida foydalanish maqsadida “O‘zbek-6” soya navi tarkibidagi oqsillarning aminokislotalar tarkibi aniqlangan;
birinchi marta tanlangan soya oqsili bilan morfin kon’yugati sintez qilingan;
morfin-soya oqsili kon’yugatidan giyohvandlar qon zardobining IFA tahlilida foydalanish sharoitlari aniqlangan;
Treponema pallidum ning antigen determinantlariga mos keladigan rekombinant antigenlarning tarkibi va sorbsiya sharoitlari sifilis qo‘zg‘atuvchisiga antitanalarni aniqlash uchun IFA test-sistemasini ishlab chiqish va o‘tkazishda immunosorbent sifatida foydalanish uchun tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Monoklonal antitanalar (gepatit V virusiga), rekombinant antigenlar (sifilisga) va gapten-oqsil kon’yugatlari (opioidlarga qaramlikni aniqlash uchun) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inson qon zardobidagi gepatit V virusining sirt antigenini aniqlash uchun IFA test-sistemasi yaratilgan va ishlab chiqarish farmakopeya maqolasi (FSP 42 Uz-3535440-2788-2019) xamda ishlab chiqarish reglamenti (PR 42 Uz-03873-0353440-2730-2018) tasdiqlangan. Natijada, gepatit V virusining sirt antigenini aniqlash uchun IFA test-tizimi ishlab chiqarish imkonini bergan;
gepatit V virusining sirt antigenini aniqlash uchun IFA test-sistemasini keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikasi ekspertizasi va standartlash Davlat markazi» DUK ro‘yxatidan o‘tkazilgan (Guvohnoma, TB/M 00006/04/15). Natijada, O‘simlik moddalari kimyosi institutining tajriba ishlab chiqarish korxonasida seriyali ishlab chiqarish imkonini bergan;
odam qon zardobidagi (plazmasidagi) sifilis qo‘zg‘atuvchisiga qarshi antitanalarni aniqlash maksadida IFA test-sistemasi yaratilgan va ishlab chiqarish farmakopeya maqolasi (FSP 42 Uz-3535440-2789-2019) xamda ishlab chiqarish reglamenti (PR 42 Uz-03873-03535440-2778-2018) tasdiqlangan. Natijada, sifilis qo‘zg‘atuvchisiga qarshi antitanalarni aniqlash maksadida IFA test-sistemasi ishlab chiqarilgan;
odam qon zardobidagi (plazmasidagi) sifilis qo‘zg‘atuvchisiga qarshi antitanalarni tezkor aniqlab beruvchi IFA test-tizimi keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikasi ekspertizasi va standartlash Davlat markazi» DUK ro‘yxatidan o‘tkazilgan (Guvohnoma. TB/M 00007/04/15). Natijada, O‘simlik moddalari kimyosi institutining tajriba ishlab chiqarish korxonasida seriyali ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish